Jamiyat

Oʻzbekistonda pandemiya davrida sogʻliqni saqlashga bagʻishlangan xalqaro anjuman start oldi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishVrach v zapotevshix zaщitnыx ochkax vo vremya rabotы v gospitale dlya lecheniya zarajennыx koronavirusnoy infektsiyey COVID-19
Vrach v zapotevshix zaщitnыx ochkax vo vremya rabotы v gospitale dlya lecheniya zarajennыx koronavirusnoy infektsiyey COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan anjuman - butun dunyodagi COVID-19ga qarshi dolzarb masalalarga bagʻishlangan.
TOSHKENT, 1 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida “Pandemiya davrida sogʻliqni saqlash: COVID-19ga qarshi kurashda tajriba va yutuqlar” mavzusida birinchi Xalqaro ilmiy anjuman (onlayn shaklda) start oldi. Tadbir 4 iyunga qadar davom etadi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan anjuman - butun dunyodagi COVID-19ga qarshi dolzarb masalalarga bagʻishlangan.
Molodaya samka shimpanze Anfisa v parke florы i faunы Royev ruchey na okraine Krasnoyarska - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Jamiyat
Virusologlar yangi xavfli pandemiya haqida ogohlantirishdi
Xalqaro ilmiy kongress ishiga AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Xindiston, Yevropa davlatlaridan Italiya, Avstriya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya, Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarbayjon boshqa bir qator chet el mamlakatlarining yetakchi mutaxassislari ishtiroki rejalashtirilgan.
Pandemiya davrida respublikada qisqa vaqt ichida 20 ming oʻrinli "Karantin Markazi" qurildi, shuningdek, Namangan, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpogʻistonda jami 7 085 oʻrinli karantin markazlari foydalanishga topshirildi. Respublikada jami 159 ta muassasada 25 200 ta shifo oʻrinlari, shu jumladan 2 500 ta reanimatsiya oʻrinlari tashkil etildi. Toshkent viloyati Zangiota tumanida zamon talablariga toʻliq javob beradigan 4 ming oʻrinli maxsus yuqumli kasalliklarga qarshi shifoxona qad rostladi.
V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayuщix iz zarubeja - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2020
Analitika
Qulupnay va daromad orzusi: karantin zonada hayot qanday kechmoqda
"Inqirozga qarshi kurashish" jamgʻarmasi hisobidan koronavirus infektsiyasini oldini olish tadbirlariga jami 4 825,0 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan. Ushbu mablagʻ evaziga tibbiyot muassasalarini moddiy texnik bazasi mustaxkamlanib, zamonaviy asbob anjomlar va zaruriy tibbiy vositalar bilan taʼminlangan.
Milliy referens laboratoriyasi barpo etildi va san-epid xizmat tarkibidagi laboratoriyalar 170 ta PZR uskunalari bilan jixozlangan. Shuningdek koronavirus infektsiyasi qarshi dori vositalari, shaxsiy himoya vositalari, test-diagnostikumlar, dezinfektsion va antiseptik vositalar mahalliy ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilib, bugungi kunda amaliyotga keng koʻlamda joriy etildi.
Koronavirus infektsiyasini tashxislash, davolash va oldini olish boʻyicha dunyo tajribasiga asoslangan xolda 8 ta klinik standartlar ishlab chiqildi, 36280 nafar tibbiyot xodimlarini bilim saviyasi oshirilishiga erishildi.
Ampulы s vaktsinoy EpiVakKorona, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Rossiya
Rossiyada tez orada koronavirusga qarshi toʻrtinchi vaktsina muomilaga chiqariladi
Shuningdek, joriy yilda respublika boʻyicha 4,1 mln. nafar xavf ostidagi aholini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash tadbirlari tizimli ravishda davom ettirib kelinmoqda.
2020-2021 yillarda tibbiyot sohasiga alohida qaratilib, 55 ta xuquqiy meyoriy xujjatlar qabul qilindi, jumladan, 5 ta Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, 25 ta prezident qaror va farmonlari va 25 ta huqumat qarorlari qabul qilindi.
Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banklari ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infektsiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident Qarorini qabul qilinishi evaziga Sanitariya epidemiologiya xizmati salohiyatini yanada oshirishga erishiladi.
Eksponatы vыstavki v Uxani, organizovannoy vыstavochnыm tsentrom, kotorыy bыl vremennыm gospitalem vo vremya pandemii koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Kolumnistlar
AQSH koronavirus pandemiyasi uchun aybdorni topdi
Xalqaro ilmiy kongress respublikada pandemiya davrida COVID-19ga qarshi kurashning milliy darajadagi yutuqlari va istiqbollari boʻyicha xalqaro tajriba almashish, tibbiy yordamni va epidemiyaga qarshi tadbirlarni takomillashtirish, laboratoriya tashxisoti, reanimatsiya va intensiv terapiyaning eng muhim muammolari, kasallikdan keyingi ruhiy salomatlik hamda emlash tadbirlarining dolzarb jihatlariga qaratilgan boʻlib, ilmiy amaliy kongress davomida olingan bilim va toʻplangan tajribalar almashinuvi respublikamizda koronavirus infektsiyasi boʻyicha vaziyatni yanada barqarorlashishiga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala