Iqtisod

Oʻzbekistondagi eng qimmat va arzon palov qayerda – yangi maʼlumotlar

Plov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
Poytaxtliklarning bir portsiya palov isteʼmol qilishlari uchun 20,2 ming soʻm sarflashlariga toʻgʻri keladi.
TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston viloyat markaziy hududlari kesimida tayyor palovning oʻrtacha narxlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Oʻrganish davomida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)dagi palovning oʻrtacha narxlari hisobga olingan, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.
Respublikadagi eng qimmat palov may oyida Toshkent shahrida tayyorlangan. Poytaxtda 1 portsiya palovning oʻrtacha narxi 20 ming 250 soʻmni tashkil qilgan.
Keyingi oʻrinlarda Qashqadaryo (19,5 ming soʻm), Samarqand (19 ming), Buxoro (19 ming), Surxondaryo (18,2 ming), Jizzax (18 ming), Toshkent (17,8 ming), Xorazm (16,8 ming), Fargʻona (16,7 ming), Sirdaryo (16,6 ming), Andijon (16,4 ming), Navoiy (15,3 ming soʻm) viloyatlari qayd etilgan. Qoraqalpogʻistonda bir portsiya palov 15 ming soʻmga baholangan.
Eng arzon palovni Namangan viloyatida isteʼmol qilish mumkin – 14,4 ming soʻm.
Selskoxozyaystvennaya yarmarka v Simferopole - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda baliq palov va shashlik oʻrnini bosishi mumkinmi?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala