Qozog‘iston Senati raisi O‘zbekistonga keladi

© Press-slujba Senata parlamenta KazaxstanaSpiker senata Kazaxstana Maulen Ashimbayev
Spiker senata Kazaxstana Maulen Ashimbayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
Obuna bo‘lish
Maulen Ashimbayev Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan muzokaralar o‘tkazadi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. 3-4 iyun kunlari Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.
O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovning Maulen Ashimbayev bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Aziz Abduxakimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
Qozog‘iston va O‘zbekiston umumiy turistik viza joriy etishni yakunlamoqda - Abduhakimov
Shuningdek, tashrif doirasida Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘yish, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, “Hazrati Imom”, Shayx Xovandi Tohur majmualari, Qaldirg‘ochbiy maqbarasi, Texnoparkka tashrif buyurish, ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumanlari o‘tkazish ham nazarda tutilgan.
Maulen Ashimbayev 2020-yil may oyidan buyon Qozog‘iston parlamenti yuqori palatasining spikeridir. Deputatlar uni bir ovozdan saylashgan. Unga qadar bu lavozimda mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Dariga Nazarboyeva ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0