Jamiyat

Rossiya 10 iyundan boshlab Oʻzbekiston bilan parvozlar sonini oshiradi

© AFP 2018 / ADRIAN DENNISSamolet uzbekskix avialiniy
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
Rossiya 10 iyundan boshlab Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Qatar, Tojikiston, Misr va Serbiya bilan parvozlar sonini oshiradi.
TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Rossiya Oʻzbekiston va yana 7ta mamlakat bilan haftalik parvozlar sonini oshiradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xususan, 10 iyundan boshlab "Moskva—Toshkent – Moskva " yoʻnalishida parvozlar soni paritet asosida haftasiga 2 marotabaga yetkaziladi, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, “Moskva — Baku”, “Moskva — Yerevan”, “Moskva — Doxa” va “Moskva — Dushanbe" yoʻnalishlarida parvozlar soni haftasiga bittaga oshiriladi.
“Moskva —Afina” yoʻnalishida parvozlar soni ikkitaga oshiriladi. “Moskva – Qohira” va “Moskva— Belgrad” yoʻnalishlarida parvozlar soni yettitaga yetkaziladi.
Eslatib oʻtamiz, shu kunga qadar Toshkent va Moskva orasida rasman ruxsat etilgan parvozlar soni haftasiga bir dona edi. Paritet asosida ushbu parvoz Rossiyaning “Aeroflot” kompaniyasi tomonidan har yakshanba va Uzbekistan Airways tomonidan har shanba kunlari haftasiga bir marotabadan amalga oshirilar edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala