Hodisalar

Samarqandda maktab direktori oʻrinbosarining kaltaklanishi yuzasidan jinoyat ishi ochildi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishPustoy uchebnыy klass
Pustoy uchebnыy klass - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
Toyloq tumanida imtihonga kelmagan oʻquvchiga tanbeh bergan direktor oʻrinbosari uning yaqinlari tomonidan kaltaklandi.
TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Samarqand viloyati Toyloq tumanida imtihonga kechikib kelgan oʻquvchiga tanbeh bergan maktab direktori oʻrinbosari kaltaklandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 26 may kuni direktor oʻrinbosari A.S. 9-sinf oʻquvchisi A.SH. imtihonga kechikib kelganligi sababli unga tanbeh bergan. Shundan keyin oʻquvchi arazlab maktabdan chiqib ketib, shu kun amakisining oʻgʻillari M.SH. va S.SH.larni maktabga olib kelgan. Ular direktor oʻrinbosarini xizmat xonasida kaltaklab, unga tan jarohati yetkazishgan.
Kulak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Hodisalar
Chiroqchida kaltaklangan oʻqituvchi ishi yuzasidan jinoiy ish ochildi
Ushbu holat yuzasidan Toyloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan M.SH. va boshqalarga nisbatan JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala