Rossiya

Shimoliy dengiz yoʻli nega Suvaysh kanaliga qaraganda foydaliroq

© Sputnik / Vladimir AstapkovichKorabli v morskom portu Dudinka
Korabli v morskom portu Dudinka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Shimoliy dengiz yoʻli Suvaysh kanali oldida muayyan ustunliklarga ega. Ularni Rossiya TIV oʻta muhim topshiriqlar boʻyicha elchisi, Arktika kengashining katta lavozimdori Nikolay Korchunov RIA Novostiga bergan intervyusida sanab oʻtdi.
Diplomat Suvaysh kanalida mart oyida “Ever Given” konteyner tashuvchi kemasi bilan roʻy bergan hodisa global transport muqobillarini rivojlantirish, yetkazib berish yoʻllarini oʻzgartirish zarurligini namoyish etgani hamda amaldagi dengiz yoʻlaklari kamchiliklarini koʻrsatganini eslatdi.
“Shimoliy dengiz yoʻli Suvaysh kanali orqali oʻtgan transport yoʻlidan 40 foizga qisqaroq va qator ustunliklarga, jumladan, siyosiy ustunliklarga ham egadir. Uning gʻoyat qisqaligi nafaqat vaqtni, balki yoqilgʻi xarajatini ham qisqartirishga imkon beradi. Bu atrof-muhitga yetkazilayotgan antropogen ogʻirlikni kamaytirishga koʻmaklashadi”, - deydi Nikolay Korchunov.
Shuningdek, elchi Rossiya soʻnggi paytlarda Shimoliy dengiz yoʻli orqali tashilayotgan yuklar hajmining oʻsishi va kemalar qatnovi rivojlayotganini kuzatayotganini qoʻshimcha qildi. Agentlik suhbatdoshi bu shimoliy hududlar rivojlanishi hamda sayyohlik va savdo sohasiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidladi. Bu oʻz oʻrnida Arktika aholisi, jumladan, mahalliy xalqlar turmushining yaxshilanishiga koʻmaklashadi.
Rossiyada Suvaysh kanali oʻrniga boshqa yoʻl topildi. Yangi dengiz yoʻlining istiqbollari qanday? - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.04.2021
Video
Kema Suvaysh kanalini "koʻmib yubordi". Rossiya dunyo uchun yangi yoʻlni topdi
Shimoliy dengiz yoʻli trassasining Kara darvoza boʻgʻozidan (ruscha - Karskiye Vorota) Provideniye koʻrfazigacha uzunligi 5,6 ming kilometrdan ziyodni tashkil etadi. Unga tutash daryo yoʻllari uzunligi taxminan 37 ming kilometrni tashkil etadi.
Yaponiyaning “Shoei Kisen” kompaniyasiga tegishli va Tayvanning “Evergreen Marine Corporation” boshqaruvida boʻlgan “Ever Given” konteyner tashuvchi kemasi Xitoydan Gollandiyaga suzib ketayotib, 23 mart kuni harakati davomida Suvaysh kanalida sayozlikda oʻtirib qoldi.
Natijada bu transport yoʻlagida 400 dan ziyod kema toʻplanib qoldi. 29 mart kuni kemani sayozlik olib chiqishga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala