Toshkentda bog‘cha yoshidagi bolalar o‘rtasida I-velomarafon o‘tkazildi

© Sputnik / Yekaterina ChesnokovaVeloparkovka gorodskogo obshestvennogo prokata velosipedov
Veloparkovka gorodskogo obshestvennogo prokata velosipedov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
Obuna bo‘lish
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasidagi I-velomarafon "Kelajakka yashil qadam" shiori ostida o‘tkazildi
TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. Bugun, xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab Toshkent shahridagi Bobur nomli Eko-parkda 6 yoshdagi bolalar o‘rtasida "kelajakka yashil qadam" shiori ostida velomarafon o‘tkazildi.
Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar bermoqda.
Bunda davlat MTTlaridan 65 nafar bolalar begovelalarda o‘zaro bahslashdilar.
Zamonaviy begovelalarning asosiy ustun jihati shundaki, unda kichik yoshdagi bolalar muvozanatni ushlashni qiyinchiliksiz o‘rganishadi va bu ularga kelajakda oddiy velosipedga o‘tish jarayonini osonlashtiradi.
Ekologiya, jismoniy madaniyat tarbiyasi masalasi hamda bolalar va yoshlarni sportga ommaviy ravishda jalb qilish masalalari O‘zbekiston Hukumatining doimiy diqqat markazidadir.

Bolalar velomarafonini o‘tkazishdan asosiy maqsad - atrof-muhitni saqlash va yashil transport turidan foydalanishda bolalarda turg‘un ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velosiped sportini ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va bolalarda yo‘llarda o‘zni tutish madaniyatini shakllantirishdan iborat edi.
Bu singari bolalar velomarafoni O‘zbekistonda va Markaziy Osiyo mintaqasida ilk marotaba o‘tkazilmoqda.
Velomarafon ishtirokchilari bo‘lgan bolalar esdalik medallari, sovg‘alar bilan taqdirlandilar, shuningdek, ular uchun ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi.
Yangiliklar lentasi
0