Yangi ishchi guruhi yo‘llardagi muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘radi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v gorode
Avtomobilnoe dvijenie v gorode  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
Obuna bo‘lish
Ishchi guruh alohida e’tibor yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq jiddiy muammolarga qaratadi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda yo‘l harakati sohasidagi muammolarni kompleks o‘rganish va amaliy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.
V DTP v Angrene s uchastiyem gruzovika MAN i semi legkovix avtomobiley skonchalis pat chelovek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2021
Angrendagi ayanchli YTH tafsilotlari ochiqlandi
Guruh tarkibiga Hukumat, ichki ishlar, transport, moliya vazirliklari, avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va boshqa mutasaddi idoralar va tashkilotlarning rahbar va malakali mutaxassislari kiritilgan.
Ta’kidlanishicha, guruh yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olishning bugungi kundagi holatini kompleks ravishda o‘rganadi. Ilg‘or xorijiy tajribasi va ilmiy yondashuvlarni qo‘llash asosida normativ-huquqiy va manzilli tashkiliy-amaliy choralarni ishlab chiqadi.
Alohida e’tibor yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq jiddiy muammolar – yo‘llarning holati, piyodalar o‘tish joyi, yo‘l belgilari, tartibga solinmagan chorrahalar va boshqalarga qaratiladi. Ularni tubdan yaxshilash bo‘yicha har tomonlama choralar ko‘riladi.
Bundan tashqari, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha aholini qiynayotgan muammolar o‘rganilib, ko‘riladigan kompleks chora-tadbirlar haqida jamoatchilikka axborot beriladi. Fuqarolar bildirgan takliflar sinchkovlik bilan o‘rganib chiqiladi.
V svazi s novimi pravilami PDD viros spros na avtomobilniy znak Shipi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
O‘zbekistonda yomon yo‘llar sabab qariyb 2-yil ichida 191 kishi halok bo‘lgan
Yangiliklar lentasi
0