Hodisalar

“Lyubaya biznes xorosha” kompaniyasi mansabdorlariga qarshi jinoyat ishi ochildi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovStatuya bogini pravosudiya
Statuya bogini pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Tergovga aralashish va toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan.
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda “Lyubaya biznes xorosha”, “Plati-leti”, “S 707” va boshqa MCHJlar mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, "Lyubaya biznes xorosha”, “Plati-leti”, “S 707” va boshqa MCHJlar mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 179 (Soxta tadbirkorlik), 184 (Soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash), 189-moddalari (Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.11.2020
"Mendirman Jaloliddin" filmi yuzasidan “Oʻzbekkino” mansabdorlariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura tergovga aralashish va toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligini bildirgan.
“Lyubaya biznes xorosha”, “Plati-leti” va boshqa kompaniyalar oʻz nomlarida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevning Alter Ego dasturiga bergan intervyusida aytgan iboralaridan foydalanishadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala