Sport

Mirziyoyev Osiyo chempionatida tengsizlikni namoyon etgan bokschilarni tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaBokser Baxodir Jalolov
Bokser Baxodir Jalolov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. 24-31 may kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston jamoasi Vatan sharafini munosib himoya qildi.
Boks boʻyicha ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatini 1 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medal bilan yakunlashdi. Erkaklar jamoasi esa ushbu chempionatda 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi va oʻz yoʻnalishida umumjamoa hisobida birinchi boʻldi.
Oʻzbekistonlik bokschi yigitlar Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
Sport
Oʻzbekistonlik bokschi yigitlar Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan sportchilarni tabrikladi va ularga yangi-yangi gʻalabalar tiladi.
Davlat rahbar bokschilarning keyingi yillarda yutuqlar yanada mustahkamlangani, 3 ta Osiyo birinchiligi, Osiyo oʻyinlari va 2019 yili Rossiyaning Yekaterenburg shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida barcha raqiblarni ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgani tahsinga sazovorligini taʼkidlagan.
Mirziyoyev oʻz tabrigida mamlakatda xotin-qizlar sporti, xususan, ayollar boksi ham izchil rivojlanib borayotganini qayd etgan. Oʻzbek qizi Nigina Oʻktamova milliy tarixda birinchi marta xotin-qizlar orasida “jahon chempioni” degan sharafga muyassar boʻlganini misol qilib keltirgan.
Jenskaya sbornaya Uzbekistana po boksu zavershila chempionat Azii, zavoyevav 8 medaley - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Sport
Oʻzbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida 8 ta medalga ega chiqdi
Prezident kelgusida oʻzbek qizlari bundan ham yuksak gʻalabalari bilan jahon boks olamini hayratga solishiga ishonishini bildirgan.

“Yaqinda Tokio shahrida boshlanadigan Olimpiya oʻyinlarida ham sizlarga mana shunday ulkan zafar va omadlar yor boʻlsin! Jahon sport maydonlarida Vatanimiz bayrogʻini yanada baland koʻtarib, uning shon-shuhratini oshirishda barchangizga sihat-salomatlik, kuch-gʻayrat va yangi-yangi gʻalabalar tilayman”, - deyilgan tabrik mantida.

Bunday muvaffaqiyatlar zamirida tajribali murabbiylar va federatsiya xodimlarining tinimsiz mehnati, faxriylarning yillar davomida toʻplagan buyuk va bebaho merosi mujassamligi taʼkidlangan.
Mirziyoyev bokschilarning Osiyo chempionatida erishgan ulkan yutugʻi Mustaqillikning 30 yillik shodiyonasiga munosib sovgʻa boʻlganini urgʻulagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala