Mirziyoyev Osiyo chempionatida tengsizlikni namoyon etgan bokschilarni tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaBokser Baxodir Jalolov
Bokser Baxodir Jalolov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. 24-31 may kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston jamoasi Vatan sharafini munosib himoya qildi.
Boks bo‘yicha ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatini 1 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medal bilan yakunlashdi. Erkaklar jamoasi esa ushbu chempionatda 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi va o‘z yo‘nalishida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi.
O‘zbekistonlik bokschi yigitlar Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
O‘zbekistonlik bokschi yigitlar Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan sportchilarni tabrikladi va ularga yangi-yangi g‘alabalar tiladi.
Davlat rahbar bokschilarning keyingi yillarda yutuqlar yanada mustahkamlangani, 3 ta Osiyo birinchiligi, Osiyo o‘yinlari va 2019-yili Rossiyaning Yekaterenburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida barcha raqiblarni ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani tahsinga sazovorligini ta’kidlagan.
Mirziyoyev o‘z tabrigida mamlakatda xotin-qizlar sporti, xususan, ayollar boksi ham izchil rivojlanib borayotganini qayd etgan. O‘zbek qizi Nigina O‘ktamova milliy tarixda birinchi marta xotin-qizlar orasida “jahon chempioni” degan sharafga muyassar bo‘lganini misol qilib keltirgan.
Jenskaya sbornaya Uzbekistana po boksu zavershila chempionat Azii, zavoyevav 8 medaley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida 8 ta medalga ega chiqdi
Prezident kelgusida o‘zbek qizlari bundan ham yuksak g‘alabalari bilan jahon boks olamini hayratga solishiga ishonishini bildirgan.

“Yaqinda Tokio shahrida boshlanadigan Olimpiya o‘yinlarida ham sizlarga mana shunday ulkan zafar va omadlar yor bo‘lsin! Jahon sport maydonlarida Vatanimiz bayrog‘ini yanada baland ko‘tarib, uning shon-shuhratini oshirishda barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat va yangi-yangi g‘alabalar tilayman”, - deyilgan tabrik mantida.

Bunday muvaffaqiyatlar zamirida tajribali murabbiylar va federatsiya xodimlarining tinimsiz mehnati, faxriylarning yillar davomida to‘plagan buyuk va bebaho merosi mujassamligi ta’kidlangan.
Mirziyoyev bokschilarning Osiyo chempionatida erishgan ulkan yutug‘i Mustaqillikning 30-yillik shodiyonasiga munosib sovg‘a bo‘lganini urg‘ulagan.
Yangiliklar lentasi
0