O‘lik mavsum: Yevropa Rossiya tufayli milliardlab dollar yo‘qotdi

© AP Photo / Bob EdmeDevushka na beregu Atlanticheskogo okeana v Sen-Jan-de-Lyuz, Fransiya
Devushka na beregu Atlanticheskogo okeana v Sen-Jan-de-Lyuz, Fransiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2021
Obuna bo‘lish
Yevroittifoqi imkon qadar turistlar uchun tezroq ochilishga intilmoqda. Ammo hali ham Rossiya vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazishga shoshilmayapti.
Demak, bu yil ham o‘tgan yili kabi, rossiyaliklar sarf qilishi mumkin bo‘lgan o‘nlab milliardni yo‘qotadi. Mehmonxona va otel rahbarlari kelajakdagi pul yo‘qotishlarni hisoblab chiqayotgan vaqtda Yevropa regulyatorlari Moskva o‘zining geosiyosiy ta’sirini kuchaytiradi, deb hadiksiramoqda. Germaniyada ular siyosatni unutishni va burokratik rasmiyatchiliklarga tezda barham berishni ma’qul ko‘rishdi - yozda “Sputnik V” yetkazib berilishi kutishgan edi.

Vaqtni cho‘zishmoqda

Garchi “Sputnik V” rasmiy ravishda dunyoning 46 davlatida tan olingan bo‘lsa-da, ular orasida faqat ikkita Yevropa davlatlari - Vengriya va Slovakiya bor. Yevropa tibbiyot agentligi (EMA) Dori-darmonlarni tibbiy maqsadlarda foydalanish bo‘yicha qo‘mitasi 4-mart kuni Rossiya vaksinasining ro‘yxatga olish hujjatlarini izchil ekspertizadan o‘tkazishni boshladi. Ammo masala joyidan siljimadi.
WSJ: Yevropa AQShdan Afg‘onistondan qo‘shinlarni chiqarishga shoshmaslikni so‘ramoqda
Moskva ular ataylab kechiktirishmoqda, degan fikrga amin bo‘ldi. Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin ta’kidlaganidek, YeMA bu borada "Yevropa Ittifoqining yuqori idoralaridan signallar" oldi.
Mart oyida Reuters agentligiga ko‘ra, YeI Rossiya preparatini yetkazib berishga "istalmagan rejimning propadanda harakati sifatida" qarshilik qilmoqda. Garchi patent olinmagan vaksinalarni sotib olish taqiqlanmagan.
G‘arbiy ekspertlar fevral oyidanoq Moskva va Pekinning "vaksina diplomatiyasi" haqida gapira boshladilar. Rossiya va Xitoy dunyo bo‘ylab geosiyosiy ta’sirini kengaytirish uchun o‘z preparatlarini sotish va ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzadi, deb hisoblashmoqda YeIda.
Biroq, Reuters diplomatik va rasmiy manbalarga asoslanib xabar berishicha, yevropaliklar asta-sekin "Sputnik ekspansiyasi"ga razm solishni boshlashgandi. Axir 450 million kishi emlanishi kerak-ku, vaksinalar esa yetarli emas.

Iqtisodiy zararni hisoblashdi

YeI davlatlari emlangan sayyohlar uchun chegarani ochmoqda, ammo rossiyaliklar – odatga ko‘ra eng saxiy turistlardan biri - ular orasida yo‘q. Yevropa bozori bundan mamnun emasligi aniq.
BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yilgi iqtisodiy inqirozdan oldin rossiyaliklar har yili chet elda 50 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ sarflashgan, bu ko‘rsatkich bilan birinchi beshlikka kirishgan.
Kompressornie stansii Kazachya i Russkaya v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Rossiya va AQSh Yevropa bozorini talashmoqda: gaz omborini kim to‘ldiradi
Pandemiyagacha bo‘lgan yana bir tadqiqot - Visa Global Travel Intentions ma’lumotlariga ko‘ra, rus sayohatchisi chet elda ta’tilga o‘rtacha 1 676 dollar, yevropalik esa 1174 dollar sarflaydi. Prognozlarga ko‘ra yaqin ikki yil ichida o‘rtacha ko‘rsatkich 36 foizga - 2443 dollarigacha oshishi kerak edi. Bundan tashqari, Rossiyadan kelgan sayyohlar besh foizga ko‘proq, Saudiya Arabistonidan o‘nga kamroq xarajat qilishadi, yevropaliklar esa budjetni beshdan biriga qisqartiradi.
Ammo 2020-yilda bozor bu pullarni ko‘rmadi, hammasini pandemiya yutib yubordi. Jahon turizmidagi o‘tgan yilgi yo‘qotishlar - butun tarixdagi eng rekord darajani ko‘rsatdi. Daromad 1,3 trillion dollarga kamaydi, bu 2009-yildagi inqirozga qaraganda 11 baravar ko‘p, deya ta’kidladi UNWTO.
Xususan, Yevropaga sayyohlar oqimi 70 foizga kamaydi. U yerda sayohatlar sonining maksimal darajada pasayishi - 500 mln.

Siyosat haqida unutish

Ajablanarli joyi yo‘q, bu soha yo‘qotilgan foydani qaytarishga intilmoqda. Yevropa Ittifoqi ijrochi direktorining so‘zlariga ko‘ra, turizmning misli ko‘rilmagan zararini iloji boricha tezroq qoplash kerak. Shuning uchun har qanday mamlakatdan kelgan fuqarolarga, agar ular BSST va YeMA tomonidan tasdiqlangan vaksina bilan emlangan bo‘lsa kirishga ruxsat berish tavsiya etildi. Hozircha ro‘yxatda Pfizer, Moderna, Johnson & Johnson va AstraZeneca. Navbatda - Xitoyning Sinovac vaksinasi.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
Rossiya va Yevropa Ittifoqi: ajrashish muqarrarmi?
Rossiyaliklar va Yevropa sayyohlik sanoatining “Sputnik V”ni qabul qilishga bo‘lgan umidlari oqlanadimi - bu ochiq savol. Bu yil Yevropa mehmonxonalari va restoranlari saxiy rossiyalik mehmonlarsiz ishlashga to‘g‘ri keladi.
Eng ajablanarli tomoni - YeI ishonchli va xavfsiz vaksinani sotib olishga tayyor. Biroq, Brussel bunga yo‘l qo‘ymayapti. Yorqin misoli - Germaniya. Aprel oyida Bavariya bosh vaziri Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondi bilan “Sputnik V”ni sotib olish to‘g‘risida memorandum imzolagandi. Birinchi partiya iyul oyida kutilgan edi, endi esa kamida kuzgacha kutishlari kerak. Bavariya bosh vaziri Yevroittifoqi rasmiylarini ushbu preparatni iloji boricha tezroq tasdiqlash va siyosiy sabablarga ko‘ra protsedurani kechiktirmaslikka chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0