Dunyoda

Oʻta xavfli "qora mogʻor" Iroqqa yetib keldi: 2 kishi vafot etdi

© AFP / Ahmad Al-RubayeDezinfektsiya v prigorode Bagdada
Dezinfektsiya v prigorode Bagdada - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Iroqda 4 kishi “qora mogʻor”ga chalindi, 2 kishi vafot etdi.
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Iroqning janubidagi Di-Kar viloyatida kamida 2 kishi "qora mogʻor" deb nomlanuvchi mukormikoz - qoʻziqorin kasalligidan vafot etdi. Bu haqda Rudaw telekanali mahalliy sogʻliqni saqlash departamenti vakili Ammar al-Zamiliga asosan xabar qildi.
“Nosiriya shahrida 4 kishi “qora mogʻor”ga chalinish holati aniqlandi, 2 nafar kishi vafot etdi. Ushbu ikkala holat koronavirus infektsiyasidan kelib chiqqan asoratlar bilan bogʻliq”, - deyilgan xabarda.
Indiytsы molyatsya posle naneseniya na telo korovyego navoza dlya podnyatiya immuniteta i zaщitы ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Dunyoda
“Bemorning koʻzi olib tashlandi”: Hindistondan soʻng Misr ham “qora mogʻor” hujumiga uchradi
Bundan avval, Misrda 7 kishi “qora mogʻor” kasalligiga chalingani haqida xabar berilgandi.
Mukormikoz boshqa zamburugʻlar kabi uzoq vaqt davomida gormonlar bilan davolangan va kislorod taʼminotiga ulangan COVID-bemorlarda aniqlanmoqda. Kasallik, shuningdek, katta dozada steroidlar olgan diabetiklarda ham uchramoqda. Ushbu infektsiya koʻz, oʻpka va burun-halqumni shikastlaydi.
Hindistonda “qora mogʻor”ga chalinganlar soni 11 mingdan oshdi.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala