Jamiyat

Oʻzgidromet aholini jazirama ob-havo haqida ogohlantirdi

© AFP 2018 / Pierre-Philippe MarcouMalchik igrayet v fontane v Krasnodare
Malchik igrayet v fontane v Krasnodare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Kunduz kunlari havo 40-43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarida baʼzi joylarda 44-46 darajagacha isiydi.
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. 3-7 iyun kunlari Oʻzbekistonda jazirama ob-havo kuzatiladi. Bu Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga roʻy beradi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy meʼyorlardan 7-10 daraja yuqori boʻladi.
Kunduz kunlari havo 40-43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarida baʼzi joylarda 44-46 darajagacha isiydi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol changli boʻron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala