Hodisalar

Qashqadaryoda eshak soʻyish bilan shugʻullangan guruh qoʻlga olindi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishOsel
Osel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Toʻrt fuqaro isteʼmol qilinishi mumkin boʻlmagn eshaklarni soʻyib, goʻshtini suyaklaridan ajratib kelgan.
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Koson tumanida eshak soʻygan 4 nafar erkak ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Tezkor surishtiruv ishlari davomida tumandagi Arabxona mahallasida yashovchi fuqaro N.T.ning xonadon hovlisi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.
Mazkur xonadonda N.T, S.N., SH.X. hamda T.A. ismli toʻrt nafar fuqaro isteʼmol qilinishi mumkin boʻlmagan hayvon — eshaklarni soʻyib, goʻshtini suyaklaridan ajratib kelayotgani aniqlangan.
© Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatiQashqadaryoda eshak soʻyish bilan shugʻullangan guruh qoʻlga olindi
Qashqadaryoda eshak soʻyish bilan shugʻullangan guruh qoʻlga olindi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Qashqadaryoda eshak soʻyish bilan shugʻullangan guruh qoʻlga olindi
Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qarshi shahridagi Arabxona mahallasida eshak qassoblari qoʻlga olingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala