Qashqadaryoda eshak so‘yish bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishOsel
Osel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2021
Obuna bo‘lish
To‘rt fuqaro iste’mol qilinishi mumkin bo‘lmagn eshaklarni so‘yib, go‘shtini suyaklaridan ajratib kelgan.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Koson tumanida eshak so‘ygan 4 nafar erkak ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Tezkor surishtiruv ishlari davomida tumandagi Arabxona mahallasida yashovchi fuqaro N.T.ning xonadon hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Mazkur xonadonda N.T, S.N., Sh.X. hamda T.A. ismli to‘rt nafar fuqaro iste’mol qilinishi mumkin bo‘lmagan hayvon — eshaklarni so‘yib, go‘shtini suyaklaridan ajratib kelayotgani aniqlangan.
© Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatiQashqadaryoda eshak so‘yish bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi
Qashqadaryoda eshak so‘yish bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2021
Qashqadaryoda eshak so‘yish bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi
Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi shahridagi Arabxona mahallasida eshak qassoblari qo‘lga olingan edi.
Yangiliklar lentasi
0