Dunyoda

Tojikiston Qozogʻistonni qurgʻoqchilikdan qutqaradi

© Sputnik / Vladimir Bogatыrev / Fotobankka oʻtishNovovoronejskaya atomnaya elektrostantsiya
Novovoronejskaya atomnaya elektrostantsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Uch yuz million kub metrdan ortiq suv Qozogʻistonning Qiziloʻrda va Turkiston viloyatlariga yoʻnaltiriladi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Tojikiston "Baxri Tochik" suv omboridan Qozogʻistonga 315 million kub metr suv yoʻnaltiradi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.
Bunday qarorni Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma va Qozogʻiston ekologiya vaziri Magzum Mirzagaliyev hamkorlikdagi uchrashuv vaqtida qabul qilganlar.
Maʼlum boʻlishicha, suvni tashlash ishlari iyun-avgust oylari oraligʻida amalga oshiriladi.
V Isfare vspыxnul ocherednoy konflikt mejdu jitelyami Kыrgыzstana i Tadjikistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Dunyoda
Tojik-qirgʻiz chegarasida suv tufayli yana mojaro avj oldi
Bunday chora Qozogʻistonning Turkiston va Qiziloʻrda viloyatlarida hosil oʻsadigan vaqtda suv tanqisligini toʻldirishga imkon beradi, deb yozadi nashr.
Mirzagaliyevning qayd etishicha, Tojikistondan keladigan suvdan tashqari, Qirgʻiziston respublikasi ham resurslar bilan yordam berib kelmoqda.
Qirgʻiziston Qozogʻistonga Toktogul suv omboridan suvni yoʻnaltirmoqda.
Qozogʻiston ekologiya vaziri soʻzlariga koʻra, Turkiston va Qiziloʻrda viloyatlaridagi suv resurslarida taqchillik Sirdaryo daryosi basseynidagi suv tanqisligi tufayli yuzaga kelgan.
Direktor Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Konstantin Simonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.07.2020
Analitika
Simonov: suv resurslarini taqsimlash Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun oʻta ogʻriqli masala
Oʻz navbatida, Qozogʻiston "Baxri Tochik"da qoʻshimcha foydalanganlik tufayli oqibatlar yuzaga keladigan boʻlsa, Tojikistonga moddiy-texnik koʻmak beradi, deb qoʻshimcha qilgan Qozogʻiston Ekologiya vazirligi matbuot-xizmati.
Eslatib oʻtamiz, may oyi boshlarida Markaziy Osiyo davlatlari 2021 yil vegetatsiya davri uchun Norin-Sirdaryo kaskadidan suvdan foydalanish limiti va ishlash rejimini tasdiqlagan edilar.
1992 yildan buyon Tojikiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston oʻrtasida "Davlatlararo manbalarning suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni birgalikda boshqarish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida" bitim amal qilib keladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala