Toshkent metropoliteni o‘zining jajji yo‘lovchilariga sovg‘a ulashdi – video

Obuna bo‘lish
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan uyushtirilgan aksiya poytaxt metrosining bir nechta bekatlarida bo‘lib o‘tdi.
Toshkent metropoliteni ilk bor o‘zining jajji yo‘lovchilarini Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan noodatiy tarzda tabriklashga jazm qildi. “Alisher Navoiy”, “Milliy bog‘”, “Xalqlar do‘stligi” va “Mustaqillik maydoni” bekatlarda bolalarga sovg‘alar ulashildi.
2 ming nafarga yaqin yosh poytaxtliklar sharbat va shirinliklar bilan siylandi. Kelgusida bu aksiyalarni har yili o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0