Rossiya

Xorijlik abituriyent Rossiya oliygohiga mamlakatdan chiqmasdan qanday oʻqishga kirishi mumkin

© Press-slujba NIU "MIET"Ctudentы NIU MIET
Ctudentы NIU MIET - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Sputnik qanday qilib mikro, nanoelektronika, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassis tayyorlash boʻyicha Rossiyaning yetakchi oliygohlaridan birining talabasi boʻlish mumkinligi haqida hikoya qiladi.
TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. “Moskva elektron texnika instituti” milliy tadqiqot universiteti (MIET) oʻzbekistonlik talabalarni qabul qilishini eʼlon qildi.
Rossiya oliygohiga oʻqishga kirish uchun dastlabki kirish sinovlarini Toshkentdagi Rossiya ilm-fan va madaniyat markazida 14 iyundan 16 iyungacha topshirish mumkin. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar berdi.
MEIT mikro, nanoelektronika, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassis tayyorlash boʻyicha yetakchilardan biri sanaladi.

“Kirish sinovlari ham abituriyentning bevosita ishtiroki, ham masofaviy shaklda boʻlib oʻtadi. Shunday ekan yoz oyida Rossiyaga kela olmaydiganlarning oʻz davlatini tark etmasdan, sinovlarni topshirish imkoniyati bor. Bundan tashqari, oʻqituvchilarimiz Toshkentda 10-sinf oʻquvchilari uchun mahorat darsi oʻtishadi va fizikadan imtihon topshirayotgan 11-sinf oʻquvchilariga maslahatlar berishadi”, - dedi MIET qabul komissiyasining eksperti Vlada Bikova.

Uning soʻzlariga koʻra, bu yil abituriyentlar hujjatlarini birdaniga beshta yoʻnalishga topshirishlari mumkin.
“Byudjet asosida tanlovda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston fuqarolari vatandosh maqomini tasdiqlashlari kerak. Eng osoni – bu SSSRda tugʻilgan ota-onaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi, va qarindoshchilikni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish. Shundan soʻng Oʻzbekiston fuqarolari tanlovda byudjet asosida kirish sinovlari yoki YEGE yakunlariga koʻra qatnashishlari mumkin”, - deya qayd etdi u.
Bikovaning taʼkidiga koʻra, 2020 yilda MIETga byudjet asosida oʻqishga qabul qilingan abituriyentlarning uchta fandan kirish sinovlarining oʻrtacha balli 240 boʻlgan.
“Oʻqishga kirish haqida barvaqtroq oʻylansa, Rossiya OTMlarida oʻqish uchun kvota olib, bu imkoniyatdan foydalanish mumkin. MIETga kvota bilan oʻqishga kirish uchun oliygohimizda boʻlgan yoʻnalishni tanlash, MIETni birinchi ustuvor sifatida tanlash va oʻz mamlakatida saralash sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtmoq zarur. Agarda pulli taʼlim olish xohishi va imkoniyati boʻlsa, yoʻnalishni tanlash mumkin. Unda uchta fan oʻrniga faqat ikki fandan imtihon topshiriladi”, - deya qoʻshimcha qildi ekspert.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda muntazam ravishda MIETning Fizika-matematika olimpiadasi boʻlib oʻtadi. Olimpiada gʻoliblari va sovrindorlari universitetga kirishda qoʻshimcha oʻn ballga ega boʻlishadi. Shuningdek, oʻqishga kirish sinovlarisiz qabul boʻlish huquqini beradigan “Fiztex” olimpiadasi finaliga chiqishadi.
Bugungi kunda MIETda 4 500 ming kishi, jumladan, dunyoning 30 mamlakatidan boʻlgan 300 nafar xorijlik talaba va aspirantlar tahsil oladi. Shulardan 27 nafari Oʻzbekistondan.
© Press-slujba NIU "MIET"Studentы iz Uzbekistana na meropriyatii dlya inostrannыx studentov Bez granits
Studentы iz Uzbekistana na meropriyatii dlya inostrannыx studentov Bez granits - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Studentы iz Uzbekistana na meropriyatii dlya inostrannыx studentov Bez granits
MIETning xalqaro faoliyat va yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori Dmitriy Kovalenko xorijlik talabalarning moslashuvi oliygoh uchun ustuvor vazifa ekanini taʼkidladi.

“Bizda tahsil olayotgan chet ellik talabalar taʼlim va ilmiy jihatdan oʻzlarini yaqqol namoyish etishmoqda, talabalar birlashmalarida faol ishtirok etishadi. Oʻzbekistondan boʻlgan talabalar koʻpincha rus tilini aʼlo daraja bilishlari bilan ajralib turishadi, bu, shubhasiz, ularga birinchi kursda asosiy fanlarni yaxshi oʻzlashtirish va taʼlim jarayoniga qoʻshilib ketishlariga imkon beradi”, - deydi Kovalenko.

Prorektorning soʻzlariga qaraganda, Xalqaro munosabatlar boʻlimi va Xorijiy talabalar assotsiatsiyasi boshqa mamlakatdan kelganlarga har tomonlama koʻmak beradi. Shuning uchun oliygohda chet ellik talabalar oʻzlarini oʻz uylaridek qulay va xavfsiz his qilishadi.
Toshkentdan Moskvaga oʻqishga kelgan talaba Grigoriy Barsov Xorijiy talabalar assotsiatsiyasining rahbari hisoblanadi. U MIETning bakalavriatida “Amaliy informatika” yoʻnalishida ikkinchi kursda tahsi oladi.
“Mart oyida Xorijiy talabalar assotsiatsiyasi rahbari lavozimiga tanlov eʼlon qilindi. Men bu oʻzimni koʻrsatish va oliygohga naf keltirish uchun yaxshi imkoniyat ekanini angladim. Men universitetda baddi-volontyorlikni joriy etishni taklif qildim. Bu xorijlik talabalarga yangi muhitda oʻzini dalil va qulay his qilishlari uchun yordam beradigan loyihalardan biri”, - dedi Barsov.
Uning soʻzlariga koʻra, xorijliklar duch keladigan asosiy muammo bu tildir. Shu bois boshqa mamlakatdan kelgan har bir birinchi kurs talabasiga xohishiga koʻra volontyor talaba biriktiriladi va u OTMda va Moskva hayot tarziga moslashishga koʻmaklashadi.
© Press-slujba NIU "MIET"Grigoriy Barsov, MIET Uzbekistan
Grigoriy Barsov, MIET Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Grigoriy Barsov, MIET Uzbekistan
MIET 80 dan ziyod bakalavriat, mutaxassislik va magistratura dasturlari va 16 ta aspirantura dasturlarini amalga oshiradi. Oʻzbekistonlik talabalar orasida eng ommabop tayyorlash va mutaxassislik yoʻnalishlari bu “Biotexnika tizimlari va texnikalari”, “Elektronika va nanoelektronika”, “Materialshunosli va materillar texnologiyasi” va “Loyihaviy muhandislik”dir.
Ikkichi kurs talabasi Barsovning taʼkidlashicha, taʼlim olish jarayonida unga koʻproq ijtimoiy va texnik kompetentsiyalar uygʻunligi maʼqul.
“Men “Amaliy informatika” yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kirdim. Bizga dasturlash, axborot tizimlarini yaratish ham IT‑loyihalarni boshqarishni oʻrgatishadi. Taʼlimda menga koʻproq ijtimoiy va texnik kompetentsiyalar uygʻunligi yoqadi. Masalan, bizda matematika va dasturlash hamda menejment, marketing va iqtisod asoslari fanlari bor. OTMni yakunlagandan soʻng biz ham dasturchi, ham jamoaning timlideri, ham menejer boʻla olamiz... Bu kasblar menga qiziq”, - deya hikoya qiladi u.
Uning soʻzlariga koʻra, MIETda oʻqishdan tashqari ishlar ham faol rivojlangan.
“Universitetimizda oʻqishdan tashqari ishlarning turli variantlari ham mavjud: kasaba uyushmasi maktabi, talabalar kengashi maktabi, volontyorlik korpusi, Xorijiy talabalar assotsiatsiyasi, teatr, KVN.. Talabalar tashkilotlari birinchi kurs talabariga bugungi kunda ham ishda, ham hayotda koʻp eʼtibor berilayotgan soft-skills koʻnikmalarini rivojlantirishda yordam berishadi”, - deydi Barsov.
© Press-slujba NIU "MIET"Kampus NIU MIET
Kampus NIU MIET - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Kampus NIU MIET
Shuningdek, bu yil MIETda Karyera va tadbirkorlini rivojlantirish markazi ochilgan. U OTM talabalari va bitiruvchilariga rezyume tuzish va ish topishga koʻmaklashadi.
Qayd etilishicha, oliy taʼlim muassasi bitiruvchilari yetakchi Rossiya va chet el kompaniyalarida ishlashadi: Microsoft, Intel, Synopsys, Cadence, Google, IBM, National Instruments, Samsung, Hewlett-Packard, "Gazprom neft", "Sberbank", "Yandeks", "Laboratoriya Kasperskogo" va boshqalar.
MIET Rossiya oliygohlari orasida 16-oʻrinda va Times Higher Education BRICS & Emerging Economies 2021 reytingida dunyoda 201-oʻrinda. Superjob ish izlash va xodimlarni tanlash IT-xizmati maʼlumotlariga koʻra, MIETni 2015-2019 yillarda tamomlangan va IT sohasida mehnat qilayotgan bitiruvchilarning oʻrtacha maoshi 105 ming rublni tashkil etadi.
© Press-slujba NIU "MIET"Lektsionnaya auditoriya NIU MIET
Lektsionnaya auditoriya NIU MIET - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Lektsionnaya auditoriya NIU MIET
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala