Jamiyat

Ichaklar mikroflorasini yaxshilaydigan mahsulotlar

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishProdaja ovoщey i fruktov v Moskve
Prodaja ovoщey i fruktov v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Parhezshunos-shifokorning soʻzlariga koʻra, ichaklar tozalanishi uchun toʻgʻri ovqatlanish muhim.
TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Parhezshunos-shifokor Mixail Ginzburg "Rossiya-1" telekanali efirida ichaklar mikroflorasini yaxshilaydigan mahsulotlarni aytdi.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, ichaklar tozalanishi uchun toʻgʻri ovqatlanish muhim, eng foydali mahsulotlardan biri - bu qora olxoʻri.
"Uning tarkibida juda koʻp miqdordagi oziq-ovqat tolasi bor ... U shuningdek shish paydo boʻlishini oldini oladi ... kuniga 100-150 gramm yeyish mumkin. Unda shakar juda koʻp va, albatta, meʼyoridan ortiq qora olxoʻri isteʼmol qilmaslik kerak", - deydi doktor.
Bundan tashqari, mutaxassis oziq-ovqat tolasiga boy boʻlgan suli yormasidan tayyorlanadigan boʻtqa ichaklarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
"Suli juda mazali va foydali. U qonning lipid tarkibini yaxshilaydi. Bu sogʻlom ovqatlanish, kuniga bir portsiya yeyishni maslahat beraman", - deydi Ginsburg.
Shuningdek, mutaxassis lavlagini ham foydali oziq-ovqat roʻyxatiga kiritdi.
"Oziq-ovqat tolasi va pektinlar. Lavlagi organizmdagi ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlaydi, qon bosimini yaxshilaydi va qon tomirlarini elastik qiladi", - dedi u.
Shifokor lavlagi sharbatini ichishni maslahat berdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala