Koronavirus: yana 2 kishi vafot etdi, kunlik kasallik qayd etish ko‘rsatkichi o‘sdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik v otdelenii dezinfeksii gospitalya COVID-19
Meditsinskiy rabotnik v otdelenii dezinfeksii gospitalya COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda sutka davomida 271 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 100 997 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Sutka davomida 271 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 100 997 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (9), Andijon viloyatida (6), Buxoro viloyatida (4), Jizzax viloyatida (5), Qashqadaryo viloyatida (1), Navoiy viloyatida (2), Namangan viloyatida (5), Samarqand viloyatida (40), Sirdaryo viloyatida (5), Surxondaryo viloyatida (2), Farg‘ona viloyatida (24), Xorazm viloyatida (7), Toshkent viloyatida (37), Toshkent shahrida (124) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ekspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2021
Mehnat migrantlarini PSR testidan o‘tkazish bo‘yicha tibbiyot muassasalari tanlab olindi

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 96 889 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.
Ayni paytda 3 415 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Vaksinatsiya

Respublikada jami 2 191 525 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 1 402 979 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 786 290 nafarni, 3-bosqichda emlanganlar 2256 nafarni tashkil qildi.
Rossiyskaya vaksina Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
O‘zbekistonga "Sputnik V" 70 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 695 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 171,5 milliondan oshdi, 3,6 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (33,3 mln), Hindistonda (28,3 mln), Braziliyada (16,7 mln).
Yangiliklar lentasi
0