Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshiradigan tashrifidan nimalar kutilmoqda

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
Obuna bo‘lish
Eskpertlar O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga kutilayotgan rasmiy tashrifi yakunlari ko‘p qirrali o‘zaro munosabatlar rivojiga turtki berishiga ishonch bildirishmoqda.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori Anvar Nosirov boshchiligidagi delegatsiya kecha Dushanbe shahrida Tojikiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sodiq Imomiy bilan uchrashdi,
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki qardosh davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari natijasida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar butunlay yangi mazmun kasb etib, strategik sheriklik darajasiga olib chiqilgani ta’kidlandi.
Qisqa davr ichida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik barcha yo‘nalishlarda kengayib borayotgani alohida qayd etildi.
“Muloqot davomida prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga kutilayotgan rasmiy tashrifi ko‘p qirrali munosabatlar rivojiga yangi turtki berishi, ikki davlat va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan amaliy tashabbuslarni belgilab berishiga ishonch bildirildi”,- deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 10−12 iyun kunlari Tojikistonga rasmiy tashrif bilan borishi kutilmoqda. Ikki davlat rahbarlari o‘zbek-tojik munosabatlarining barcha sohalardagi istiqbollarini muhokama qilishi aytilmoqda.
Vistavka selxozproduksii v Sogdiyskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi oshdi
Yangiliklar lentasi
0