Rossiya

Moskvaga yetishmayotgan migrantlar soni aytildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMigrantы
Migrantы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Rossiya poytaxtida mehnat resurslari bilan bogʻliq muammo tobora jiddiylashib bormoqda.
TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Moskvaga 300 ming nafarga yaqin mehnat migrantlari yetishmayapti. Bu haqda Moskva merining iqtisodiyot siyosati masalalar va mol-mulk yer aloqalari boʻyicha oʻrinbosari Vladimir Yefimov maʼlum qildi.
Peterburgdagi xalqaro iqtisodiy forumda u RIA Novostiga qurilish sohasida mehnat resurslari bilan bogʻliq muammo tobora jiddiylashib borayotganini bildirdi.
“Odatda shahrimizda bir million atrofida mehnat migrantlari ishlaydi, bugungi kunda esa ular soni 700 ming atrofida, yaʼni taxminan 300 ming kishi iqtisodda yetishmayapti”, - dedi Vladimir Yefimov.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya poytaxtida asta-sekin patent rasmiylashtirishga borayotgan migrantlar koʻpaymoqda. Biroq bu inqirozga qadar davridagidek kam.
“Biz hozir kuniga Moskvada ishla uchun kelayotgan 600-700 kishini qayd etmoqdamiz”, - dedi mer oʻrinbosari.
Yefimov mehnat migrantlarining mamlakatga kirishiga oid mavjud cheklovlarni keragidan ortiq deb hisoblaydi.
Situatsiya vozle Yedinogo migratsionnogo tsentra Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2021
Migratsiya
Migrantlar uchun nimalar oʻzgaradi? RF IIV asosiy takliflari
“Umid qilamizki, yaqin orada bu mexanizmlar soddalashtiriladi”, - dedi u.
Oʻzbekiston tomonining rasmiy maʼlumotlariga koʻra, bugun 1,7 mln oʻzbekistonlik chet elda, asosan, Rossiya va Qozogʻistonda mehnat qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyaga ishlash maqsadida kelayotgan oʻzbekistonliklar soni 42 foizga kamaygani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala