Kolumnistlar

NATO uchun "taʼqiq zonasi": Rossiya "Iskanderlari" yangi raketalarga ega boʻldi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishSamoxodnaya puskovaya ustanovka 9P78-1 "Iskander-M" vo vremya demonstratsii xodovыx i ognevыx vozmojnostey na poligone "Alabino" v ramkax Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma "Armiya-2019".
Samoxodnaya puskovaya ustanovka 9P78-1 Iskander-M vo vremya demonstratsii xodovыx i ognevыx vozmojnostey na poligone Alabino v ramkax Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma Armiya-2019. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Rossiyada ilgʻor qurol-yarogʻ texnologiyalarini rivojlantirish potentsial tajovuzkorlarni jilovlab turish hamda tinchlikni saqlashga qaratilgan.
Barqarorlikni mustahkamlashning ishonchli vositalaridan biri vaqt oʻtishi bilan oʻzining jangovar qobiliyatini oshirib borayotgan "Iskander-M" tezkor-taktik raketa tizimi boʻlib qolmoqda. Yangi boshqariladigan stels-raketalar, shubhasiz, ehtimoliy dushman uchun bosh ogʻrigʻiga aylanishi mumkin.

Koʻpnishonli "Iskander-M" TTRT yangi, dushman radarlari uchun koʻrinmas oʻta yuqori aniqlikka ega aeroballistik raketaga ega boʻldi, bu raketa butun parvoz davomida boshqariladi, eng murakkab manyovrlarni bajara oladi va 500 kmgacha boʻlgan masofada nishonlarni yoʻq qila oladi.
Pusk ballisticheskoy raketы operativno-takticheskogo raketnogo kompleksa Iskander-M s poligona Kapustin Yar v Astraxanskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2020
Kolumnistlar
Rossiya quroli: “Iskander” nima uchun matroslarning yoʻl-yoʻl maykasini kiyib koʻrmoqda
Yanada mukammal boshqaruv tizimi yaratilgan, konstruktsiyalarda kompozit materiallar keng qoʻllanilgan. Yangi koʻrinmas-raketa kreyser tezligi - soatiga 7500 km (toʻrt daqiqada 500 km) va jangovar qism - parchalanadigan-fugas, kasseta va maxsus (yadroviy) taʼminotiga ega boʻladi.
Ilgariroq, "Iskander" jangovar zaxiralari lineykasida beshta modifikatsiyadagi aeroballistik va ikki tipdagi qanotli raketalar bor edi.
27 may kuni boʻlib oʻtgan mudofaa mavzusidagi majlislarning birida Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Iskander" majmuasining chet eldagi analoglarga nisbatan jangovar va texnologik ustuvorligini qayd etgan edi.
NATO strateglari versiyasiga koʻra, "Iskander-M" TTRT S-400 "Triumf" zenit raketa tizimi va "Bastion" qirgʻoq raketa majmuasi bilan birgalikda Rossiyaning eng xavfli turdagi qurollari uchligiga kiradi.
Iskander vыpustil raketu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.06.2018
Video
Dushman oʻtib ketmaydi: "Iskander" majmuasi raketa uchirdi
Shu bilan bir qatorda, "Iskander" oʻzining jangovar imkoniyatlarini muntazam oshirib boradi, piyoda va dengizdagi turbovintli dvigatellarni turli joʻgʻrofiy kengliklarda muvaffaqiyatli sinamoqda, u shuningdek, Suriya Arab Respublikasi hududida jangovar sharoitlarda sinovdan oʻtkazilgan.
Ekspertlar fikriga koʻra, modernizatsiya salohiyati "Iskanderga" 2030 yilgacha dunyodagi eng yaxshi degan nomni saqlab qolish imkoniyatini taqdim etadi.
Sal avval RF Mudofaa vazirligi oʻnta raketa brigadalarida "Iskander-M" OTRTlarning barchasi qayta qurollantirilgani va yana uchta brigada shakllantirilayotgani haqida xabar berishgan edi.
Rossiya mudofaa sanoati har yili ikkitadan brigada komplektini chiqaradi. "Iskander-E" majmuasining eksport versiyasi (davomiyligi - 280 km) Armaniston va Jazoir qurollari safida mavjud.

Jangovar imkoniyatlar

"Iskander" dushman kuchlari guruhlarining oʻta muhim obʼyektlarini - qoʻmondonlik punktlarini, zenit-raketalarni uchirish moslamalarini va yadroviy boyegolovkalarga ega oʻrta radiusdagi raketalarni, aerodromlarni, harbiy kemalarni va boshqa nishonlarni yoʻq qilish uchun moʻljallangan.
Repetitsiya Parada Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Kolumnistlar
Rossiya shimoliy hududlarini gʻayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
"Iskander-M" brigadasi majmuasi 51 mashinalardan iborat, jumladan, 12ta oʻq uzish qurilmalari, 12 ta transport-oʻqlovchi, 11 qoʻmondon-shtab va 14ta zaruriy taʼminot mashinalari. Ikki daqiqa ichida brigada 24ta raketa yordamida zarba berishga qodir (qayta oʻqlanishga qadar), kuchaytirilgan brigada zalpi – 32 raketadan iborat.
"Iskander" aeroballistik raketalari (vazni 3,8 tonna, uzunligi 7,2 m) kvazi-ballistik trayektoriyalar boʻylab 50 km gacha balandlikda uchadi, qanotli raketalar - relyefni aylanib, 6-7 metr balandlikda nishonga yetib boradi. Ular 500 km masofani 4 daqiqada bosib oʻtib, nishondan ogʻishuvi 1 metrdan oshmaydi. Sirtining kam aks etish qobiliyati va murakkab trayektoriya mavjud boʻlgan va kelajakda yaratiladigan havo hujumiga qarshi mudofaa va raketaga qarshi mudofaa tizimlari uchun hech qanday imkoniyat qoldirmaydi. Raketalar 30g gacha boʻlgan ortiqcha yuklar bilan faol manevlarni amalga oshirishga qodir, ularning harakatlanish yoʻnalishlarini oldindan aytib boʻlmaydi. "Iskander" raketalarini ushlab qolish deyarli mumkin emas. Dunyoda boshqa biron bir operativ-taktik raketasi bunday xususiyatlarga ega emas.
Rossiya razvernula v Sirii ZRK S-400 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
Kolumnistlar
“Triumf”, “Armata” va albatta “Tornado”: BAAda Rossiyaning eng soʻnggi qurollari
"Iskanderlar"ning dengiz nishonlari boʻylab birinchi oʻq otishi 2020 yilning yozida Janubiy harbiy okrugda boʻlib oʻtgan edi – bu ehtimoliy dushmanning bostirib kirish taktikasiga javob tarzida amalga oshirilgan hamda NATO qoʻshinlarining Boltiq va Qora dengiz regionlarida desant tushishlariga qarshi turli variantlar ustida ishlangan edi. Qirgʻoq majmualari sanalgan "Bal" va "Bastion bilan integrallashuvda yanada qudratli boʻlgan "Iskander" qirgʻoq yoqasining eshelonlashgan mudofaasini mustahkamlashga va mamlakatning dengiz chegaralarini zabt etib boʻlmas koʻrsatkichga keltirishga qodir.
Taʼkidlash joizki, "Iskander-M" OTRT brigadasining Kaliningrad viloyatida doimiy tarzda joylashtirilishi NATOning Boltiqboʻyi regionida harbiy faollashuvi oʻsishi bilan bogʻliq, bu Rossiyaning "sheriklarni" agressiv tayyorgarligiga javobdir.

Noraso kompleksi

Oʻnta raketa brigadalari "Iskanderlar" bilan 300tagacha yuqori aniqlikdagi raketalar zalpini amalga oshirishga va oʻq otish ustanovkalar qayta oʻqlanganidan soʻng bu zalpni takrorlashga qodir. Bu qudratli qurol agressiya uchun moʻljallanmagan, shunday boʻlsada, doimo NATOdagilarning achchigʻini keltiradi. Unga qarshi qoʻyishga hech narsa yoʻqligi uchun emas – "Iskander-M" OTRT aniqlilik, raketalarni oʻq otishga tayyorlash tezligida va boshqa xarakteristikalarda eng yaxshi chet el analoglari(Lance, ATACMS, Pluton) dan oʻzadi. AQShda esa oʻzida ishlab chiqarilgan OTRTlardan voz kechishdi, chunki uni ishlab chiqarisha olmadi.
Shtab-kvartira Ministerstva oboronы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2021
Dunyoda
Pentagon Rossiya bilan yadroviy urush yuz berishi ehtimoli haqida bayonot berdi
"Iskander-M" majmuasining asosiy afzalliklari - strategik mobillik, jangovar vazifa va zarba berish maxfiyligi, uchish vazifalarini avtomatik ravishda hisoblash va kiritish, yongʻin va radioelektron qarshi choralar sharoitida jangovar topshiriqni bajarishning yuqori ehtimoli - har qanday tajovuzkor uchun yechimi yoʻq muammodir.
NATO doktrinasiga muvofiq, "Iskander-M" "kirish taʼqiqlangan zona" A2/AD (anti-access and area denial)ni yaratish uchun vosita sanaladi , alyans kuchlari oʻqqa tutish radiusi(500 km)da harakatlana olmaydi, aks holda ular "maqbul boʻlmagan zarar" koʻrishlari mumkin.
Bundan tashqari, yadroviy taktik zarba berish ehtimoli ham "sheriklarni" qaygʻuga soladi.
Shu bilan birga, AQSH harbiy havo kuchlari strategik bombardimonchilarining Boltiq boʻyi boʻylab rejadagi parvozlari va Sankt-Peterburg yaqinidagi Boltiq poligonlaridagi oʻquv bombardimonlari odatiy ish kuniga aylandi.
AQShda oʻq uzish masofasi 5500 kmdan kam boʻlgan yadroviy qurol nostrategik deya ataladi (ularning mantigʻini tushunish mumkin: agar okean ustidan uchib oʻtolmas ekan, demak, u taktik qurol), ammo yevropalik ittifoqdoshlarni bu gaplar tinchlantira olmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala