“O‘zstandart” agentligi tugatilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPismennie prinadlejnosti
Pismennie prinadlejnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
Obuna bo‘lish
Uning o‘rniga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashkil etilmoqda.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashkil etilmoqda.
Agentlik texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohalarida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Hujjat bilan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatini olish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Vmesto natsionalnix budut vnedreni mejdunarodnie standarti - prezident - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
Milliy standartlar o‘rniga xalqaro standartlar joriy etiladi - prezident
2021 yil 1-sentabrdan ayrim turdagi xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan mahsulotlarning muvofiqligini baholash muvofiqlikni deklaratsiyalash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda, muvofiqlikni deklaratsiyalash texnik reglament talablari asosida mahsulotning to‘liq sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng ijobiy sinov natijalariga ko‘ra tuziladigan sinov bayonnomalari asosida muvofiqlik sertifikati berilmagan holda amalga oshiriladi.
2021 yil 1-noyabrdan boshlab import qiluvchilarga qulaylik yaratish hamda ichki bozorga sifatli va xavfsiz mahsulotlarning kirib kelishini ta’minlash maqsadida:
xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ayrim turdagi mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgandan so‘ng respublika hududiga erkin muomalaga chiqarish (jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan meyorlar doirasida olib kelingan mahsulotlar bundan mustasno) tartibi joriy etiladi.
xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan ayrim turdagi mahsulotlarni O‘zbekiston rezidenti hisoblangan akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarida bir marta rasmiylashtirgan holda yigirma to‘rt oy davomida import qilishga ruxsat etiladi.
respublikaga olib kelinadigan mahsulotlarning talablarga muvofiqligi ustidan nazorat Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan xavf-xatarlar tahlili asosida amalga oshiriladi;
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari tashkilot standartlarini ekspertizadan o‘tkazish ishlarini haq olmasdan amalga oshiradi.
Shuningdek, mahsulotning xorijiy davlatlarning standartlariga muvofiqligini baholash uchun xorijiy davlatlar standartlarining O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab qilinmaydi.
2021 yil 1-sentabrdan boshlab texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun:
yuridik shaxslarga: realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 50 foizidan 100 foizigacha;
mansabdor shaxslarga: bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravaridan 80 baravarigacha miqdorda jarima belgilanadi.
Majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar erkin muomaladan chiqarilishi va yo‘q qilinishi lozim. Moliyaviy jarimaning to‘lanishi mazkur talabning bajarilishidan ozod etmaydi.
Yangiliklar lentasi
0