Prezident apparati beshta Mercedes Benz avtomobillarini sotuvga qo‘ydi

© Torgovaya ploshadka E-auksion Apparat prezidenta prodast pat avtomobiley Mercedes Benz
Apparat prezidenta prodast pat avtomobiley Mercedes Benz  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
Obuna bo‘lish
Barcha avtomobillarning boshlang‘ich narxi 129 milliondan 188 million so‘mgacha. Savdo 17-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Prezident administratsiyasi E-auksion savdo maydonchasida Mercedes Benz rusumidagi beshta avtomobillarni sotuvga qo‘ydi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 378 325 km masofani bosib o‘tgan Mercedes Benz E240ning boshlang‘ich narxi (davlat raqami 01 245 PPP) 129,6 mln so‘mni tashkil etadi. Avtomobil texnik jihatdan sozligi qayd etilgan.
Barcha avtomobillarning boshlang‘ich narxi 129 milliondan 188 million so‘mgachani tashkil etadi. Savdoga uchta Mercedes Benz E240 avtomobili, bitta Mercedes Benz E320, shuningdek, Mercedes Benz 412 D KA qo‘yilgan.
Savdo 17-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Arizalarni qabul qilish 15-iyun kuni to‘xtatiladi.
Yangiliklar lentasi
0