Prezident kortej avtomobillarining Termizdagi YTHga aloqasi yo‘q – YHXBB

© Sputnik / /Ramiz BaxtiyarovAvtomobilisti ustroili kortej, soprovojdaya avtobus s futbolistami
Avtomobilisti ustroili kortej, soprovojdaya avtobus s futbolistami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
Obuna bo‘lish
Surxondaryoda prezident kortejidagi mashina ko‘cha supurayotgan ayolni urib yuborgani aytilgan xabarga izoh berildi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) Surxondaryoda prezident kortejidagi mashina ko‘cha supurayotgan ayolni urib yuborgani aytilgan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident tashrifi vaqtida ko‘cha supurayotgan ayolni hokimlik mashinasi urib ketdi. Ayol ikki kundan buyon komada” sarlavhasi ostidagi xabar tarqalgan edi.
Aniqlanishicha, 1-iyun kuni soat 07:30 larda “Kaptiva” haydovchisi E.B. Termiz shahri “Shodlik” mahallasida piyodalar yo‘lakchasidan velosipedda ketayotgan P.R.ni avtomashinasining old qismi bilan urib yuborgan. YTH A.Temur ko‘chasining Barkamol avlod markaziy ko‘chasi bilan kesishgan joyida ro‘y bergan.
Natijada fuqaro P.R. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Termiz filialidagi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Termiz shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.
“Mazkur transport vositasi davlat rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi jarayonida tashkil etilgan kortej avtomobillariga aloqasi yo‘qligi, bundan tashqari Amir Temur va Barkamol Avlod ko‘chalarining kesishmasida kortej harakatlanmaganligini ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.
Avtomobilnoe dvijenie v gorode  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
Yangi ishchi guruhi yo‘llardagi muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘radi
Yangiliklar lentasi
0