Dunyoda

Qirgʻiziston COVID bemorlarini “Qoʻrgʻoshinli zahar” bilan davolashni toʻxtatdi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov Smertelno opasnыm issыk-kulskim kornem xotyat lechit ot COVID
Smertelno opasnыm issыk-kulskim kornem xotyat lechit ot COVID

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Qirgʻizistonda koronavirusga chalingan bemorlarni Issiqkoʻl ildizidan tayyorlangan damlama bilan davolash toʻxtatildi.
TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Qirgʻiziston shifoxonalarda koronavirusga chalingan bemorlarni Issiqkoʻl ildizi (akonit)dan tayyorlangan damlama bilan davolash toʻxtatildi.
Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev maʼlum qildi. Unga koʻra, bu klinik sinov jarayoni yakunlangani bilan bogʻliq.

“Biz damlamani yengil va oʻrta darajada kasallikka chalingan 400 nafar bemorga berdik. Klinik tadqiqotlar tugagandan soʻng, akonit bilan davolash toʻxtatildi. Barcha olingan maʼlumotlar Rossiya va Qozogʻiston akademiklariga yuborildi. Hozir xulosani kutmoqmiz”, - dedi vazir.

Eslatib oʻtamiz, aprel oyida qoʻshni respublika SSV COVID-19 tashxisi qoʻyilgan 300 nafar bemor Issiqkoʻl ildizi damlamasi bilan davolangani haqida maʼlum qilgandi.
Prodaja Issыk-Kulskogo kornya na rыnke v Bishkeke. 17 aprelya 2021 goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Dunyoda
Bishkekda erkak “Issiqkoʻl ildizi” damlamasidan zaharlandi
Sogʻliqni saqlash vaziri matbuot anjumani paytida "uu korgoshuun" ("qoʻrgʻoshinli zahar") deb ataladigan ildizdan tayyorlangan damlamani ichdi.
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kasallikning dastlabki bosqichda "Issiqkoʻl ildizi" yordamida koronavirusni davolash usuli topilgani haqida post qoʻyildi edi. Keyinchalik post oʻchirib tashlandi.
Shuningdek, 20 aprelda Issiqkoʻl ildizidan tayyorlangan damlamadan 63 yoshli bishkeklik zaharlangani haqida xabar berilgandi.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala