Jamiyat

Qum boʻronlariga nima sabab boʻlmoqda – Oʻzgidromet izohi

© Sputnik / Andrey Stenin / Fotobankka oʻtishPыlevaya burya v pustыne Sredney Azii
Pыlevaya burya v pustыne Sredney Azii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Changli boʻron - qurgʻoqchil, choʻl va yarim choʻl hududlarda tez-tez uchraydigan hodisadir. Markaziy Osiyoning aksariyat hududlari uchun bu - odatiy hol.
TOSHKENT, 3 iyun – Sputnik. Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekistonning turli hududlarida qum va chang boʻronlari kuzatilmoqda. Ushbu tabiiy hodisalarga nima sabab boʻlayotganiga Oʻzgidromet xizmati mutaxassislari izoh berdi.
Eslatib oʻtamiz, kecha 2 iyun kuni Qoʻshrabot (Samarqand viloyati) meteostantsiyasida soat taxminan 15:18 larda shimoli-gʻarbdan kuchli shamol boshlanib, 20 m/s gacha yetgan, shuning okibatida qumli boʻron koʻtarilgan va taxminan 16:20 larda tingan edi.
Changli boʻron – bu atmosfera hodisasi boʻlib, yer yuzidan katta miqdordagi qum va changlarni kuchli shamol taʼsirida koʻtarilishidir. Bizning hududimizda bunday jarayonlar koʻpincha bahorda va yozning boshida rivojlanadi.
Aksariyat hollarda changli boʻron qurgʻoqchil hududlarda - choʻl va yarim choʻl hududlarda sodir boʻladi. Changli boʻronlar Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa hududlarida ham tez-tez uchraydigan hodisadir.
Peschanaya burya v Pekine - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2021
Foto
Pekinga qum boʻroni yopirildi – kishini sehrlovchi suratlar
Ushbu yilning may oyida Oʻzbekiston hududi boʻyicha bir nechta changli boʻron hodisalari kuzatildi. Hatto Toshkentda ham 29 may kuni shiddatli kuchli shamol hisobiga changli boʻron kuzatildi.
Toshkent qurgʻoqchil hudud deb hisoblanmaydi, lekin soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda va Toshkent shahrida jadal surʼatlar bilan olib borilayotgan qurilishlar juda katta miqdordagi qum va changning paydo boʻlishiga sabab boʻlmoqda, ular hatto kuchsiz shamol esganda ham havoga koʻtariladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala