Migratsiya

Rossiyaga ishlash maqsadida kelayotgan oʻzbekistonliklar soni 42% kamaydi

© Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy UzbekistanaTrudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy
Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Rossiyaga YEOIIga aʼzo boʻlmagan davlatlardan kelayotgan mehnat migrantlari soni 37-53 % kamaydi.
TOSHKENT, 3 iyun - Sputnik. Koronavirus pandemiyasi Rossiyaga MDH mamlakatlaridan kelayotgan mehnat migrantlari oqimini sezilarli darajada kamaytirdi. Ushbu maʼlumotlar Rossiya Xoʻjalik akademiyasi va Gaydara instituti mutaxassislari oʻtkazgan izlanishlarda maʼlum boʻldi.
Xususan, 2019 yilda Rossiyada mavsumiga qarab 9,6 – 11,2 mln. Mehnat migrantlari boʻlgan boʻlsa, 2020 yilda ularning soni 7,1 – 10,3 mln kishini tashkil qildi. 2021 yilning 1 may holatiga esa – 5,66 mln kishini tashkil qildi, - deyilgan xabarda.
Migrantlar oqimi eng sezilarli darajada kamaygan davlatlar – Ukraina va Moldova 53% va 51%. Shuningdek, Tojikiston - 35 %, Armaniston – 22 % va Qirgʻiziston – 18%.
Ushbu yilning 1 may holatiga Rossiyaga mehnat qilish maqsadida kelgan migrantlar soni 2,68 mln. kishini tashkil qildi. 2020 yil bilan solishtirganda mehnat migrantlari soni - 35%ga kamaydi.
Ishga kelayotgan fuqarolar soni eng koʻp Ukraina (-58%), Moldova (-52%) va Ozarbayjondan (-49%) kamaygan. Oʻzbekiston va Qozogʻistondan - 42%, Tojikistondan —37%ga kamaygan.
YEOII aʼzolari boʻlgan Armaniston va Qirgʻizistondan – 17% va 18% ga kamaygan.
Shu bilan birga Rossiyada qonuniy ishlayotgan migrantlar ulushi – 75%ni tashkil qilgan. Mehnat migrantlarining hududiy byudjetlarga toʻlovlari ham 20%ga kamayib 8,91 mlrd. Rublni tashkil qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala