Rus tilida erkin so‘zlashish va Rossiya tarixi: migrantlarga qanday talablar qo‘yildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku
Sdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada ishlash uchun ruxsatnoma va patent olmoqchi bo‘lgan chet elliklar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligini bilishning talablari belgilandi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Rossiya hukumati chet ellik ishchilar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslarini bilishning minimal darajasi talablarini tasdiqladi. Hujjat rasmiy huquqiy axborot portalida chop qilingan.
Endilikda Rossiyaga ishlashga kelgan xorijliklar ijtimoiy-maishiy va ayrim kasbiy mavzularda erkin gaplashishlari shart. Xususan, bu ishga joylashish, kasalxonada maslahat olish va politsiyaga murojaat qilishga taalluqli. Bundan tashqari, ular zaruriy hujjat va arizalarni mustaqil to‘ldira olishlari kerak.
Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2021
Migrantlarni mahkumlar bilan almashtirish mumkin emas - Volodin
Rossiyaga tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, xorijliklar ishlar uchun Rossiya tarixidagi eng muhim voqealarini bilishlari darkor. Ular yana poytaxt va boshqa yirik shaharlar nomi, asosiy davlat bayramlarini yodlashlariga to‘g‘ri keladi.
Rossiya qonunchiligi asoslaridan Rossiya hududida bo‘lishda xorijlik fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini bilish talab qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya IIV migratsiya oqimini tartibga solish uchun qanday takliflar tayyorlagani ma’lum bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0