Iqtisod

Surxondaryoda zaytun plantatsiyalari barpo etiladi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Fotobankka oʻtishOlivki - plodы olivkovogo dereva
Olivki - plodы olivkovogo dereva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Surxondaryoda qurilish materiallari, yengil, charm, oziq-ovqat, elektrotexnika sohalarni jadal rivojlantiriladi.
TOSHKENT, 3 iyun - Sputnik. Termizda zaytun plantatsiyalari joriy etiladi. Bu haqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga amalga oshirilgan tashrifi doirasida maʼlum boʻldi.
Termiz shahrida mahalliy kengash deputatlari, tadbirkor va fermerlar, nuroniylar, yoshlar, jamoatchilik faollari ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda xabar qilinishiga koʻra, Surxondaryo viloyatida 2021-2022 yillarda jami 16 trillion 800 milliard soʻmlimk investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.
Investitsiya loyihalarining 3 trillion 121 milliard soʻmligi qishloq xoʻjaligi sohasiga yoʻnaltiriladi.

Xususan, 1 ming gektar issiqxonalar tashkil etishga 950 milliard soʻm yoʻnaltiriladi. Oltinsoy, Uzun, Bandixon, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot, Termiz va Sariosiyo tumanlarida zaytun plantatsiyalari, Sherobod, Muzrabot va Qiziriqda anorzorlar barpo etiladi, - deyilgan xabarda.

Undan tashqari, prezident Surxondaryoda qurilish materiallari, yengil, charm, oziq-ovqat, elektrotexnika, mahalliy sanoat kabi “drayver” sohalarni jadal rivojlantirish kerakligi taʼkidladi.
Boysun, Sariosiyo, Sherobod tumanlarini qurilish materiallari, Qiziriqni yengil sanoat, Oltinsoyni oziq-ovqat, Angorni charm, Bandixon va Muzrabot tumanlarini mahalliy sanoatga ixtisoslashtirib, klasterlar tashkil etish zarurligi taʼkidlandi. Xususan, Sariosiyoda qurilish materiallari ishlab chiqarish innovatsion industrial zonasi tashkil etilishi aytildi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev dal start stroitelstvu solnechnoy fotoelektricheskoy stantsii v Sherabadskom rayone Surxandarinskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
Iqtisod
Shavkat Mirziyoyev Sherobod quyosh elektr stantsiyasi qurilishini boshlab berdi
- Sizlar bilan uchrashib, muammolarni hal etish uchun kelganmiz. Bu tashrifga anchadan beri tayyorgarlik koʻrdik. Toshkentga bogʻliq masala qolmadi. Endi berilgan mablagʻ va tizimni aql bilan ishlatib, joylarda manzilli bajarish kerak. Men kuyib-pishganim bilan sizlar jon kuydirmasangiz, xalqning biri ikki boʻlmaydi. Surxondaryoning ichki imkoniyatlaridan foydalansak, odamlarning dardiga darmon boʻlish uchun hamma sharoit bor. Buning uchun sektor rahbarlari fidoyi boʻlib, joyiga tushib, “mahallabay” tizimda ishlashi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu bilan birga joriy yilda jamoat ishlari, kooperativ va tomorqa xoʻjaligida 50 ming nafar ishsizning bandligini taʼminlash vazifasi qoʻyildi. Bunga Bandlikka koʻmaklashish va Jamoat ishlari jamgʻarmalaridan 32 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala