Hodisalar

Toshkent aeroportida qalbaki dollar olib kelgan shaxs ushlandi

© AFP 2018 / MARVIN RECINOSDollarы
Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
"Istambul-Olm-ota-Toshkent" yoʻnalishida uchib kelgan yoʻlovchining bagaji bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, sochiqlar orasida 5000 AQSH dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyuta borligi aniqlandi.
TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Toshkent aeroportida "Istambul-Olm-ota-Toshkent" yoʻnalishida uchib kelgan yoʻlovchining bagaji bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, sochiqlar orasida 5000 AQSH dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyuta borligi aniqlandi.
Mazkur valyutalarning haqiqiyligi bojxona xodimlarida shubha uygʻotdi. Qalbaki kupyuralarni aniqlashga ixtisoslashgan valyuta detektori tasdiqladi. Kupyuralarning aksariyatida seriya raqamlari ham bir xil boʻlgan.
Sputnik Oʻzbekiston Telegram kanali – obuna boʻling, oʻqing, izoh qoldiring!>>
Shu kuni tezkor tadbir xalqaro aeroport avtoturargohida va Yashnobod tumanida davom ettirilib, mazkur qalbaki valyutalarni qabul qilib, egasiga yetkazishi lozim boʻlgan shaxslar ham ketma-ket qoʻlga olindi.
Ulardan birining boshqaruvidagi “Lasetti” avtotransport vositasini koʻzdan kechirish davomida, old yoʻlovchi oʻrindigʻi ostida yana soxta 5000 AQSH dollari borligi aniqlandi.
Yunusobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qalbaki valyutalarning haqiqiy egasi ularni qabul qilib olayotgan vaqtida fosh qilindi.
Hozirda soxta dollarlar ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala