Rossiya

Turar joy, yoʻl, stipendiya – xorijlik talabalar uchun Rossiya grantlari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishStudentы
Studentы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Rossiyada mamlakat oliygohlarida taʼlim olayotgan chet ellik talabalar xarajatining sezilarli qismini qoplab berish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. 2022 yildan boshlab sobiq SSSR mamlakatlaridan boʻlgan 500 nafar chet ellik talaba ular xarajatlarini sezilarli qoplab beradigan grantlarga daʼvogarlik qilishlari mumkin. Gap Rossiya OTMlarida bepul taʼlim olish uchun Rossiya hukumati kvotasini qoʻlga kiritgan fuqarolar haqida bormoqda.
Rossiya Taʼlim vazirligi qarorining loyihasi eʼlon qilingan va jamoatchilik tomonidan muhokama qilinmoqda.
Grant qaysi xarajatlarni qoplab beradi:
oraliq imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda har yili oʻz mamlakatidan oʻqish joyiga qilingan safar. Talaba chegarani kesib oʻtganlik tasdiqlovchi hujjat va samolyot, poyezd yoki boshqa transportga olingan chiptani taqdim etishi kifoya;
qoʻshimcha tibbiy sugʻurta polisi toʻlovi;
oliygoh yotoqxonasida yashash;
qoʻshimcha har oylik stipendiya (institutnikidan tashqari). Toʻlov talaba tahsil olayotgan Rossiya hududining tirikchilik uchun zarur eng kam miqdoriga teng boʻladi. Masalan, Moskvada u 18 029, Voronejda 9 689, Novosibirskda esa 12 785 rublni tashkil etadi.
Toʻlovlar bevosita xorijlikning fanlarni oʻzlashtirishiga bogʻliq boʻladi. Bitta yoki undan ortiq oʻquv fanlaridan "qoniqarsiz" yoki “qoniqarli” baho olgan talaba ayrim toʻlovlardan mahrum boʻlishi mumkin.

Grantni qanday olish mumkin

Grantlar MDH, Boltiq mamlakatlari, Gruziya, Abxaziya va Janubiy Osetiya fuqarolariga beriladi. Rossiya byudjetidan mablagʻ bakalavriat, spetsialitet va magistratura dasturlariga ajratiladi.
Joriy yilda maktab oʻquvchilari yoki magistlar uchun olimpiada (Rossiyaning tegishli idoralari tomonidan maʼqullangan) gʻolibi yoki sovrindori boʻlish zarur.
Yana bir mezon – tahsilni qoʻshicha kurslarsiz boshlash uchun rus tilini yaxshi bilish.
Ctudentы NIU MIET - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Rossiya
Xorijlik abituriyent Rossiya oliygohiga mamlakatdan chiqmasdan qanday oʻqishga kirishi mumkin
Rossiya hukumatining joriy yilda Rossiya oliygohlarida tahsil olish uchun kvotasi 18 ming kishini tashkil etadi. 2022 yilda u 23 mingta boʻladi, 2023 yildan esa 30 ming abituriyentlarni qamrab oladi.
Xorijlik talabalar uchun grant tizimini joriy etish gʻoyasini avvalroq Rossotrudnichestvo rahbari Yevgeniy Primakov bildirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala