Jamiyat

Ikki yuzdan ortiq erkak “Ayollar reabilitatsiya markaz”iga murojaat qilgan - vazirlik

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaTsentr reabilitatsii i adaptatsii jenщin v Tashkente
Tsentr reabilitatsii i adaptatsii jenщin v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2021
Reabilitatsiya markazlariga zoʻravonlikdan himoya soʻrab 209 nafar erkak murojaat qilgan.
TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik. Reabilitatsiya markazlariga zoʻravonlikdan himoya soʻrab 209 nafar erkak murojaat qilgan, bu haqda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshligʻi Dilorom Qoʻziyeva AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Jenщina zakrыvayet litso - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2020
Jamiyat
Ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilish uchun yangi mobil ilovasi ishga tushirildi
Prezident qarori bilan xotin-qizlar reabilitatsiya markazlari optimallashtirilib, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuriga oʻtkaziladi. Endilikda ular davlat muassasi sifatida faoliyat koʻrsatadi. 1 ta Respublika markazi, 14 ta viloyat markazi va 14 ta namunaviy mintaqalararo markaz, jami 29 ta ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi tashkil etiladi.
Hozirgi kunga qadar reabilitatsiya markazlariga 4200 dan ortiq fuqaro murojaat qilgan. Ularning 3827 tasi ayol, 169 tasi bola, 209 nafari erkak.
Murojaat qilganlarning 1347 tasi ruhiy, 845 tasi jismoniy, 23 tasi jinsiy, 394 tasi iqtisodiy, 1596 tasi boshqa masalalarda zoʻravonlik holatlaridan shikoyat qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala