Ikki yuzdan ortiq erkak “Ayollar reabilitatsiya markaz”iga murojaat qilgan - vazirlik

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSentr reabilitatsii i adaptatsii jenshin v Tashkente
Sentr reabilitatsii i adaptatsii jenshin v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2021
Obuna bo‘lish
Reabilitatsiya markazlariga zo‘ravonlikdan himoya so‘rab 209 nafar erkak murojaat qilgan.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Reabilitatsiya markazlariga zo‘ravonlikdan himoya so‘rab 209 nafar erkak murojaat qilgan, bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Dilorom Qo‘ziyeva AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Jenshina zakrivayet litso - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2020
Ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun yangi mobil ilovasi ishga tushirildi
Prezident qarori bilan xotin-qizlar reabilitatsiya markazlari optimallashtirilib, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuriga o‘tkaziladi. Endilikda ular davlat muassasi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 1 ta Respublika markazi, 14 ta viloyat markazi va 14 ta namunaviy mintaqalararo markaz, jami 29 ta ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi tashkil etiladi.
Hozirgi kunga qadar reabilitatsiya markazlariga 4200 dan ortiq fuqaro murojaat qilgan. Ularning 3827 tasi ayol, 169 tasi bola, 209 nafari erkak.
Murojaat qilganlarning 1347 tasi ruhiy, 845 tasi jismoniy, 23 tasi jinsiy, 394 tasi iqtisodiy, 1596 tasi boshqa masalalarda zo‘ravonlik holatlaridan shikoyat qilgan.
Yangiliklar lentasi
0