Musulmon haydovchi Olloh oldida ham javobgar - O‘MI

© Upravlenie musulman UzbekistanaPerviy kollektivniy namaz v mechetax Uzbekistana posle karantina
Perviy kollektivniy namaz v mechetax Uzbekistana posle karantina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2021
Obuna bo‘lish
Musulmon haydovchi o‘z ma’suliyatsizligi oqibatida baxtsiz hodisa ro‘y bersa, nafaqat qonunlar asosida, balkim shariat nuqtayi-nazaridan ham gunohkor bo‘ladi.
TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi islom dinida yo‘l-harakati qoidalari qanday ahamiyatga ega ekanini va nima sababdan ularga amal qilish muhim ekanini tushuntirib berdi.
Islom shariati yo‘l harakati qoidalariga – ijtimoiy qoidalar sifatida qaraydi va unga rioya qilishga buyuradi. Yo‘l harakati qoidalariga rioya etish shariatning quyidagi uchta maqsadlariga yetishga xizmat qiladi:
1.
Hayotni saqlash.
2.
Avlodni saqlash.
3.
Mulkni saqlash.
Transport vositasini boshqarishda musulmonlar rioya etishlari lozim bo‘lgan ko‘plab sunnatlar va odoblar mavjud. Eng muhim vazifa – inson ulovda yurganida o‘zi va o‘zgalarni xatarga qo‘ymasligi, piyodalar, yo‘lovchilar va boshqa haydovchilar hayotiga xavf solmasligi kerak.
Buning uchun esa yo‘l harakati ishtirokchilarining barchasi yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishlari lozim bo‘ladi. Qoidani buzish – boshqa bir yo‘l harakati ishtirokchisi haqqini poymol qilish va unga zulm qilish hisoblanadi.
Islomda ta’qiqlangan amallar yo‘l-harakati qoidalariga ham taaluqli:
ehtiyotsizlik oqibatida birovning mulikiga zarar yetkazish;
YTHda qurbon bo‘lish (o‘z aybi bilan) - o‘z joniga qasd qilishga teng bo‘ladi;
tezlikni oshirish - islomda haddan oshuvchi doimo javobgar bo‘ladi;
mast holda rulga o‘tirish - islomda og‘ir gunoh;
yo‘l-harakati qoidalariga amal qilmaslik (bilmaslik) - birovga qurol o‘qtalishga teng;
zaruratsiz signal chalish, qorong‘uda ko‘zni qamashtiradigan chiroqlarni yoqib yurish - o‘zgalarga ozor berish hisoblanadi;
texnik nosoz va yaroqsiz transport vositasidan foydalanish - shar’an joiz emas (ya’ni harom);
haydovchi o‘zi boshqargan transport vositasi uchun javobgar (Hadis);
Undan tashqari islom dinida belgilangan ushbu qoidalar piyodalar uchun ham amal qiladi. Xususan, ulardan o‘zlari uchun belgilangan yo‘laklardan yurish va hayotini xatarga qo‘ymaslik talab etiladi. Qoidalarni bila turib, o‘z hayotini xatarga qo‘yish - gunoh hisoblanadi.
Har bir musulmon haydovchi o‘zining beparvoligi, ma’suliyatsizligi, avtotransportga xizmat ko‘rsatish va yo‘l harakati tartib-qoidalariga rioya etmaslik oqibatida baxtsiz hodisa ro‘y bersa, amaldagi qonunlar asosida javob berishi, shariat nuqtayi-nazaridan esa gunohkor bo‘lishini unutmasligi lozim.
Yangiliklar lentasi
0