Narbayeva va Ashimbayev hamkorlik memorandumini imzoladi

© Press-slujba Senata Oliy Majlisa UzbekistanaSpikeri senatov Uzbekistana i Kazaxstana Tanzila Narbayeva i Maulen Ashimbayev
Spikeri senatov Uzbekistana i Kazaxstana Tanzila Narbayeva i Maulen Ashimbayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2021
Obuna bo‘lish
Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. 3 iyun kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga katta ahamiyat berayotgani ta’kidlandi. Transport kommunikatsiyalari va tranzit tashuvlari, mehnat migratsiyasi, suvdan foydalanish, madaniyat, ta’lim, gender tenglik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar Samarqandda Qozog‘iston Konsulxonasi, Chimkent shahrida esa O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochilishini olqishladilar.
© Press-slujba Senata Oliy Majlisa UzbekistanaVstrecha predsedateley verxnix palat parlamentov Uzbekistana i Kazaxstana
Vstrecha predsedateley verxnix palat parlamentov Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2021
Vstrecha predsedateley verxnix palat parlamentov Uzbekistana i Kazaxstana
Shuningdek, hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan ixtisoslashgan qo‘mitalar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, xalqaro parlament tuzilmalari (PI, YeXHT PA, MDH PA), shuningdek boshqa qator xalqaro tashkilotlar doirasida umumiy tashabbuslarni ilgari surish, deputatlar o‘rtasida hududlararo hamkorlik o‘rnatish, huquqiy bazani tezlikda shakllantirish, pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
© Press-slujba Senata Oliy Majlisa UzbekistanaPredsedatel Senata parlamenta Kazaxstana Maulen Ashimbayev
Predsedatel Senata parlamenta Kazaxstana Maulen Ashimbayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2021
Predsedatel Senata parlamenta Kazaxstana Maulen Ashimbayev
2021-2022 yillarda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Qozog‘iston parlamenti huzuridagi Parlamentarizm instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzoladilar.
© Press-slujba Senata Oliy Majlisa UzbekistanaVstrecha predsedateley verxnix palat parlamentov Uzbekistana i Kazaxstana
Vstrecha predsedateley verxnix palat parlamentov Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2021
Vstrecha predsedateley verxnix palat parlamentov Uzbekistana i Kazaxstana
Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing tashkil etildi.
Yangiliklar lentasi
0