Dunyoda

Qirgʻiziston bayonoti: Tojikiston bilan chegarada vaziyat ziddiylashdi

© Sputnik / Igor Yegorov / Fotobankka oʻtishVoyennoslujaщiye voorujennыx sil Kirgizii
Voyennoslujaщiye voorujennыx sil Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2021
Qirgʻiz tomoni bayonotiga koʻra, Tojikiston tomoni, sal avval qirgʻiz-tojik chegarasi delimitatsiya va demarkatsiyasi masalalari boʻyicha hukumatlararo delegatsiya tomonlari erishgan barcha kelishuvlarni buzgan
TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik. Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida vaziyat yana oʻtkir tus oldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti qirgʻiz chegara xizmatidan olingan maʼlumot asosida.
"Tojikiston tomoni, sal avval qirgʻiz-tojik chegarasi delimitatsiya va demarkatsiyasi masalalari boʻyicha hukumatlararo delegatsiya tomonlari erishgan barcha kelishuvlarni buzgan holda 2021 yilning 4 iyun kuni tungi 03.00da kelishilmagan chegara hududi Oʻsh viloyati Chon-Alay tumani Unju-Buloq manzilida Qirgʻiziston Respublikasi territoriyasiga ming metrgacha kirgan holda konteyner oʻrnata boshladi", — degan agentlik suhbatdoshi.
Voyennoslujaщiy voorujennыx sil Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Dunyoda
Qirgʻiziston Tojikiston bilan chegarani vaqtincha yopdi
Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, 4 iyun ertalab 6.00 holatiga koʻra chegarada ziddiyat susaymagan, tojik tomoni yuqorida keltirilgan hududda davlat chegarasining kelishilmagan qismida konteynerni qoldirib, undan olti yuz metr nariga oʻtgan.
Bundan tashqari, matbuot-xizmati taqdim etgan maʼlumotga koʻra, Tojikiston tomonidan "harbiy xizmatchilarning avtomobil va yengilzirhlangan texnikada chegaraga yaqin toʻplanishi holati kuzatilmoqda".
Qirgʻiz tomonidan tomonlarning chegara vakillari darajasida vaziyatni tartibga solish boʻyicha choralar koʻrilmoqda, ammo Tojikiston respublikasi chegara xizmati vakillari telefon qoʻngʻiroqlariga javob berishmayapti", - deb qayd etdi idora.
Taʼkidlanganidek, Tojikiston bilan davlat chegarasining qismida joylashgan Qirgʻiziston chegara xizmatining boʻlinmalari xizmatni kuchaytirilgan tartibda oʻtashga oʻtgan.
Biletы na passajirskiy poyezd v rukax mujchinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2021
Dunyoda
Qirgʻiziston hukumati aviakompaniyalarga Tojikiston fuqarolariga chiptalar sotishni taʼqiqladi
Shuningdek, Bishkek Dushanbeni deeslakatsiya boʻyicha erishilgan kelishuvlarni buzganlikda ayblagan.
"Tojikiston tomoni, ilgari erishilgan kelishuvlarni buzgan holda, vaziyatni oʻtkir tus oldirtirdi va qirgʻiz-tojik davlat chegarasidagi vaziyatni murakkablashtirdi, bu yaxshi qoʻshnichilik va doʻstona munosabatlarga mos kelmaydi", dedi Qirgʻiziston hukumati vakili RIA Novostiga bergan intervyusida.
Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasidagi vaziyat 28 aprel sanasida ziddiylashgan va ikki davlat fuqarolari oʻrtasidagi mojaro ikki davlat harbiylari oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvga aylangandi.
Oʻtkazilgan oliy darajadagi shoshilinch muzokaralar natijasida 3 may kuni toʻqnashuvlar toʻxtadi.
Otishma oqibatida Tojikistonning 19 nafar fuqarosi halok boʻldi, yana 87 nafari turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.
Qirgʻiz tomoni 36 nafar qurbon va 200 ga yaqin jarohatlanganlar haqida maʼlum qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala