Dunyoda

Tojikiston Qirgʻizistonning chegara kelishuvini buzilishi borasidagi ayblovlarini rad etdi

© Press-slujba GPS KыrgыzstanaSmotrovaya vыshka na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke granitse
Smotrovaya vыshka na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke granitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2021
Tojikiston chegara kelishuvlarining buzilishi toʻgʻrisidagi xabarlarni rad etdi.
TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik. Tojikiston chegara kelishuvlarining buzilishi toʻgʻrisidagi xabarlarni rad etdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
"OAVda eʼlon qilingan Qirgʻiziston tomonining haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan rasmiy bayonotidan farqli oʻlaroq, delimitatsiya va demarkatsiya boʻyicha ikki mamlakat hukumatlararo komissiyasining ishi natijasida umumiy uzunligi 986,7 km, davlat chegarasi 519,9. km tasvirlangan", - deyilgan Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi bayonotida.
Taʼkidlanishicha, shu munosabat bilan, hozirgi paytda Tojikiston chegara qoʻshinlarining chegara naryadi tojik-qirgʻiz davlat chegarasining kelishilgan oʻtish chizigʻi boʻylab qoʻriqlamoqda. Yaʼni, chegara naryadini qoʻyish boʻyicha ushbu protokol kelishuviga asosan amalga oshirildi.
Ilgariroq Qirgʻiziston chegara xizmati maʼlumotiga koʻra, Tojikiston tomoni, sal avval qirgʻiz-tojik chegarasi delimitatsiya va demarkatsiyasi masalalari boʻyicha hukumatlararo delegatsiya tomonlari erishgan barcha kelishuvlarni buzgan holda 2021 yil 4 iyun kuni tungi 03.00da kelishilmagan chegara hududi Oʻsh viloyati Chon-Alay tumani Unju-Buloq manzilida Qirgʻiziston Respublikasi hududiga ming metrgacha kirgan holda konteyner oʻrnatdi.
Tojikiston tomonidan "harbiy xizmatchilarning avtomobil va yengilzirhlangan texnikada chegaraga yaqin toʻplanishi holati kuzatilmoqda".
Bishkek Dushanbeni deeslakatsiya boʻyicha erishilgan kelishuvlarni buzganlikda ayblagan.
"Tojikiston tomoni, ilgari erishilgan kelishuvlarni buzgan holda, vaziyatni oʻtkir tus oldirtirdi va qirgʻiz-tojik davlat chegarasidagi vaziyatni murakkablashtirdi, bu yaxshi qoʻshnichilik va doʻstona munosabatlarga mos kelmaydi", - dedi Qirgʻiziston hukumati vakili RIA Novostiga bergan intervyusida.
Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasidagi vaziyat 28 aprel sanasida ziddiylashgan va ikki davlat fuqarolari oʻrtasidagi mojaro ikki davlat harbiylari oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvga aylangandi.
Oʻtkazilgan oliy darajadagi shoshilinch muzokaralar natijasida 3 may kuni toʻqnashuvlar toʻxtadi.
Otishma oqibatida Tojikistonning 19 nafar fuqarosi halok boʻldi, yana 87 nafari turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.
Qirgʻiz tomoni 36 nafar qurbon va 200 ga yaqin jarohatlanganlar haqida maʼlum qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala