Iqtisod

Tsement importi keskin oshdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishRabochiy demonstriruyet produktsiyu zavoda
Rabochiy demonstriruyet produktsiyu zavoda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2021
Oʻzbekistonda tsement importi va ishlab chiqarish miqdori keskin oshdi. Asosiy import Qozogʻistondan boʻlmoqda.
TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. Oʻzbekistonga impor qilinayotgan tsement miqdori keskin oshdi, deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qoʻmitasi.
"2021- yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan Oʻzbekistonga qiymati 50,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,0 mln. tonna tsement import qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 515,1 ming tonnaga koʻp", - deyilgan xabarda.
Oʻzbekistonga eng koʻp tsement olib kelingan davlatlar qoʻyidagilar:
Qozogʻiston – 498,3 ming tonna
Qirgʻiziston – 278,5 ming tonna
Tojikiston – 234,7 ming tonna
Eron – 10,8 ming tonna
Turkmaniston – 8,6 ming tonna
Hisobotda qayd etilishiga koʻra, import qilingan tsementning asosiy isteʼmolchilari Toshkent shahri - 496,6 ming tonna, Fargʻona viloyati - 194,9 ming tonna va Andijon viloyatlari boʻlgan - 183,7 ming tonna.
Shu bilan birza Oʻzbekistonda ham ishlab chiqarilayotgan tsement miqdori oshib borayotganini qayd etish zarur. Statistik maʼlumotlarga koʻra 2021 yilning yanvar - mart oyida Respublikada ishlab chiqarilgan tsement hajmi 14,1 %ga oshgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala