Sement importi keskin oshdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRabochiy demonstriruyet produksiyu zavoda
Rabochiy demonstriruyet produksiyu zavoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda sement importi va ishlab chiqarish miqdori keskin oshdi. Asosiy import Qozog‘istondan bo‘lmoqda.
TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. O‘zbekistonga impor qilinayotgan sement miqdori keskin oshdi, deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qo‘mitasi.
"2021- yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan O‘zbekistonga qiymati 50,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,0 mln. tonna sement import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 515,1 ming tonnaga ko‘p", - deyilgan xabarda.
O‘zbekistonga eng ko‘p sement olib kelingan davlatlar qo‘yidagilar:
Qozog‘iston – 498,3 ming tonna
Qirg‘iziston – 278,5 ming tonna
Tojikiston – 234,7 ming tonna
Eron – 10,8 ming tonna
Turkmaniston – 8,6 ming tonna
Hisobotda qayd etilishiga ko‘ra, import qilingan sementning asosiy iste’molchilari Toshkent shahri - 496,6 ming tonna, Farg‘ona viloyati - 194,9 ming tonna va Andijon viloyatlari bo‘lgan - 183,7 ming tonna.
Shu bilan birza O‘zbekistonda ham ishlab chiqarilayotgan sement miqdori oshib borayotganini qayd etish zarur. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra 2021-yilning yanvar - mart oyida Respublikada ishlab chiqarilgan sement hajmi 14,1 %ga oshgan.
Yangiliklar lentasi
0