Xorijliklar vaksina olishi uchun yo‘llar ochiladi – Putin

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti yaqin vaqt ichida xorijliklar Rossiyaga vaksina olishi uchun kirib kelishi mumkinligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 4-iyun – Sputnik. Xorijiy davlat fuqarolari Rossiyada vaksina olishlari uchun yo‘llar ochiladi. Bu haqida Vladimir Putin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro iqtisodiy forum (PMEF) doirasida ma’lum qildi.
- Mahalliy farmatsevtika sanoati vaksina ishlab chiqarish hajmini yanada oshirishga tayyor. Biz nafat o‘z ehtiyojlarimizni qoplayapmiz, balkim xorijiy davlat fuqarolariga ham Rossiyaga kelib emlanishiga imkon berishimiz mumkin”, - dedi Rossiya prezidenti.
Shuningdek Putin Rossiyada bugungi kunda 4ta vaksina ro‘yxatdan o‘tgani va ishlab chiqarila boshlayotganini va “Sputnik V” dunyoning 66ta mamlakatida ro‘yxatdan o‘tganini ma’lum qildi.
Vladimir Putin PMEF doirasida yana bir muhim yangilikni xabar qildi. “Shimoliy oqim-2”ning bir quvuri qurib bitkazilganini va ayni damda ikkinchi quvuri tugatilayotganini ma’lum qildi.
- “Shimoliy oqim – 2” ning birinchi quvuri qurib bitkazildi. Ikkinchi quvur ustida ishlab olib borilmoqda. Gazpros esa gaz quvurini gazga to‘ldirishga tayyor, - dedi Rossiya prezident.
Vladimir Putin dunyoiqtisodiyoti odatiy hayotgan qaytayotganini va YaIM o‘sishi juda katta bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qildi. Boy davlatlarda biznes faolligini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha vositalar borligini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0