AQSh shaxdam qadamlar bilan SSSR yo‘lidan ketmoqda - Putin

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v otkritii pamatnika imperatoru Aleksandru III
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v otkritii pamatnika imperatoru Aleksandru III - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2021
Obuna bo‘lish
Vashington ochiq-oydin Rossiya rivojlanishini cheklashga harakat qilmoqda - sanksilar ham, Rossiya ichki ishlariga aralashishga harakat qilishning ham sababi ana shunda.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Boshqa davlatlar bilan munosabatlarda AQSh SSSR xatolarini takrorlamoqda, dedi Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi iqtisodiy forumda.

“Imperiyalar muammosi nimada? Ular o‘zlarini shunchalik qudratli deb his qilishadi-ki, ba’zan alohida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yishga haqli deb hisoblashadi: bularni sotib olamiz, boshqalarni qo‘rqitamiz, ana ular bilan kelishib olamiz, deb o‘ylaydi. Lekin asta-sekin ana shunday muammolar yig‘ilib, yig‘ilib boshqarib bo‘lmaydigan darajaga yetadi”, -dedi Putin.

Rossiya prezidenti Amerika Qo‘shma shtatlari shaxdam qadamlar bilan Sovet Ittifoqi yo‘lidan ketayotganini va uning o‘zi ham SSSRda tug‘ilganini va nimalar haqida gapirayotganini yaxshi bilishini ta’kidladi.
Shuningdek Putin, Vashington ochiq-oydin Rossiya rivojlanishini cheklashga harakat qilayotganini aytib o‘tdi. Rossiya prezidenti xulosasiga ko‘ra, ikki davlat orasidagi barcha muammolar - iqtisodiy sanksiyalar ham, Rossiyaning ichki ishlariga aralashishga bo‘layotgan harakatlar ham – ana shu tufayli.
Esatib o‘tamiz, Vladimir Putin Jo Bayden bilan 16-iyun kuni Jenevada uchrashishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0