Jamiyat

Chet el fuqarolarining huquqlarini belgilovchi qonun imzolandi

© Sputnik / Mixail MokrushinPassajir predʼyavlyayet pasport grajdanina SSHA na stoyke registratsii v aeroportu goroda Sochi.
Passajir predʼyavlyayet pasport grajdanina SSHA na stoyke registratsii v aeroportu goroda Sochi. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2021
Oʻzbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga ega.
TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi 692-sonli qonun Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Huquqiy axborot telegram kanali xabariga asosan.
Oʻzbekistondagi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq taʼminlanadi.
Xususan, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Oʻzbekiston hududida Oʻzbekiston fuqarolari bilan teng ravishda mulk huquqidan foydalanadi;
Oʻzbekiston hududi boʻylab erkin harakatlanish huquqiga ega;
nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, ishtirokchilari (aʼzolari) boʻlishi mumkin;
davlat organlariga, tashkilotlarga hamda ularning mansabdor shaxslariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega;
davlat xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega;
soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkin.
Shuningdek, Oʻzbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga ega.
Undan tashqari, 18 yoshgacha boʻlgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekistonda turish qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.
Yana bir jeihati, ikki yoki undan ortiq davlat fuqaroligiga ega chet el fuqarolari qaysi davlat fuqaroligiga mansubligi toʻgʻrisidagi hujjatlar boʻyicha Oʻzbekistonga kirgan boʻlsa, Oʻzbekistonda oʻsha davlatning fuqarolari hisoblanadi.
Oʻzbekistonda doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga – ular 16 yoshga toʻlganida yoki ota-onasining, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga koʻra – bola tugʻilgan paytidan eʼtiboran va 16 yoshga toʻlguniga qadar identifikatsiyalovchi karta beriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala