Iqtisod

Elektr taʼminoti uzilish tufayli "Oʻzbekneftgaz" AJ obʼyektlari faoliyati toʻxtab qoldi

© OʻzbekneftgazOdno iz predpriyatiy AO "Uzbekneftgaz"
Odno iz predpriyatiy AO Uzbekneftgaz - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2021
Ayni damda “Oʻzbekneftgaz” ishlab chiqarish obʼyektlari faoliyati birin-ketin qayta tiklanmoqda.
TOSHKENT, 5 iyun - Sputnik. “Oʻzbekneftgaz” AJ xabar berishiga koʻra, elektr taʼminoti uzilish tufayli "Oʻzbekneftgaz" AJ obʼyektlarida va qurilmalari toʻxtab qolganini xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, kecha, 4 iyun soat Kecha, 4 iyun kuni soat 22:16 da “Talimarjon IES”dagi energoblok avariyaviy holatda toʻxtab qolishi oqibatida “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxonalar ish faoliyati vaqtincha toʻxtagan.
Xususan, Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari, Muborak, Shoʻrtan, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalaridagi asosiy ishlab chiqarish qurilmalari hamda 11 ta siquv kompressor stantsiyalaridagi 34 ta gaz haydash agregatlari ish faoliyati toʻxtab qolgan edi.
Ayni damda “Oʻzbekneftgaz” ishlab chiqarish obʼyektlari faoliyati birin-ketin qayta tiklanmoqda.
Xususan, Buxoro viloyatidagi “Gazli gazni qayta ishlash zavodi“, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Koʻkdumaloq” 2-sonli siquv kompressor stantsiyasidagi 100-, 200-, 300-, 400-sonli gaz haydash agregatlari va 3-sonli siquv kompressor stantsiyasidagi 500-sonli gaz haydash agregatlari, Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodlarining asosiy ishlab chiqarish qurilmalari ish faoliyati toʻliq tiklandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala