Ikki ming va yigirma ming so‘mlik yangi banknotalar 14-iyundan muomalaga chiqariladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSentralniy bank Uzbekistana
Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2021
Obuna bo‘lish
Yangi kupuralar aholiga savdo-sotiq munorsabatlarini qulaylashtirishi va mavjud pul birliklari orasidagi tafovutni kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 5-iyun - Sputnik. Ikki ming va yigirma ming so‘mlik yangi banknotalar 14-iyundan muomalaga chiqariladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Markaziy banki.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2021-yilning 14-iyunidan boshlab nominal qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganligini ma’lum qiladi.
Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 2 000 so‘m va 20 000 so‘m bo‘lgan pul belgilari ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.
Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yo‘li” va mamlakatimiz hududidagi qadimiy Buxoro shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixiy obildalariga bag‘ishlangan.
© SB UzbekistanaSB Uzbekistana predstavil dizayn novix kupur
SB Uzbekistana predstavil dizayn novix kupur  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2021
SB Uzbekistana predstavil dizayn novix kupur
Xususan 2000 so‘mlik banknota old tomonida Buxoro Arki, orqa tomonida Varaxsha arexeologik topilmalari aks etgan.
20 000 so‘mlik banknotada esa - Qoraqalpog‘istondagi "Qo‘y qirilgan qal’a" yodgorligi hamda arxeologik topilmalar aks etgan.
© SB UzbekistanaSB Uzbekistana predstavil dizayn novix kupur
SB Uzbekistana predstavil dizayn novix kupur  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2021
SB Uzbekistana predstavil dizayn novix kupur
Yangiliklar lentasi
0