Jamiyat

Kelajakda yakuniy imtihon va kirish imtihoni birlashtiriladi – DTM

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishItogovoye sochineniye po literature v rossiyskix shkolax
Itogovoye sochineniye po literature v rossiyskix shkolax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2021
Bunda oldingi yillarda bitirgan abituriyentlar uchun esa kirish test sinovlari alohida oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Kelgusi oʻquv yillari umumiy taʼlim muassasalari bitiriuvchilarining yakuniy imtihoni OTMlarga kirish imtihoniga tenglashtiriladi. Bu haqida AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev maʼlum qildi.
Ayni damda, maktab, akademik litseylar bitiruvchilarining yakuniy davlat imtihonlarini kirish test sinovlariga tenglashtirish, yaʼni unifikatsiya qilish toʻgʻrisida qaror loyihasi ishlab chiqilgan va tegishli davlat organlariga taqdim etilgan.
Yangi qonunda, bitiruvchilar faqat bir marotaba imtihon topshirish bilan OTMga kirish imkoniyatini yaratish nazarda tutilgan.
Bitiruvchilar yakuniy imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi. Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari qanday tartibda boʻlsa, yakuniy davlat imtihonlari ham shu tartibda tashkil etiladi.
Bunda oldingi yillarda bitirgan abituriyentlar uchun esa kirish test sinovlari alohida oʻtkaziladi.
Uzbekskiye studentы sdayut vstupitelnыe ekzamenы pod otkrыtыm nebom v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda kelgusida OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkin
Maʼlumot uchun, Rossiya ana shunga oʻxshash tizim 2000 yillar boshidan buyon amal qilmoqda. Bitiruvchilar bir marotaba Yagona davlat imtihoni (YEGE) topshiradi va oʻz natijalarini kirishni istagan bir necha OTMga yuboradilar. Oliygohlar arizalarni koʻrib chiqib oʻz talablariga mos keluvchi abituriyentlarni tanlab oladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala