Kelajakda yakuniy imtihon va kirish imtihoni birlashtiriladi – DTM

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishItogovoe sochinenie po literature v rossiyskix shkolax
Itogovoe sochinenie po literature v rossiyskix shkolax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2021
Obuna bo‘lish
Bunda oldingi yillarda bitirgan abituriyentlar uchun esa kirish test sinovlari alohida o‘tkaziladi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Kelgusi o‘quv yillari umumiy ta’lim muassasalari bitiriuvchilarining yakuniy imtihoni OTMlarga kirish imtihoniga tenglashtiriladi. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev ma’lum qildi.
Ayni damda, maktab, akademik litseylar bitiruvchilarining yakuniy davlat imtihonlarini kirish test sinovlariga tenglashtirish, ya’ni unifikatsiya qilish to‘g‘risida qaror loyihasi ishlab chiqilgan va tegishli davlat organlariga taqdim etilgan.
Yangi qonunda, bitiruvchilar faqat bir marotaba imtihon topshirish bilan OTMga kirish imkoniyatini yaratish nazarda tutilgan.
Bitiruvchilar yakuniy imtihonlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari qanday tartibda bo‘lsa, yakuniy davlat imtihonlari ham shu tartibda tashkil etiladi.
Bunda oldingi yillarda bitirgan abituriyentlar uchun esa kirish test sinovlari alohida o‘tkaziladi.
Uzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2021
O‘zbekistonda kelgusida OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkin
Ma’lumot uchun, Rossiya ana shunga o‘xshash tizim 2000-yillar boshidan buyon amal qilmoqda. Bitiruvchilar bir marotaba Yagona davlat imtihoni (YeGE) topshiradi va o‘z natijalarini kirishni istagan bir necha OTMga yuboradilar. Oliygohlar arizalarni ko‘rib chiqib o‘z talablariga mos keluvchi abituriyentlarni tanlab oladi.
Yangiliklar lentasi
0