Sport

Qoʻl jangi boʻyicha Jahon chempionati ilk bor Toshkentda oʻtkazilmoqda

© Hasan Paydoyev/"Xalq soʻzi"​Chempionat mira po rukopashnomu boyu vpervыe proydet v Tashkente
Chempionat mira po rukopashnomu boyu vpervыe proydet v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2021
Qoʻl jangi boʻyicha Jahon chempionati ilk bor Rossiyadan boshqa mamlakatda oʻtkazilmoqda va uning birinchi xorijiy mezboni - Oʻzbekiston.
TOSHKENT, 5 iyun – Sputnik. Qoʻl jangi boʻyicha Jahon chempionati 5-7 iyun kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadi, deb xabar qilmoqda Xalq soʻzi nashri.
Musobaqaga dunyoning 30dan ortiq mamlakatlaridan sportchilar va mehmonlar keladi. Musobaqa sportchilar yoshi boʻyicha ikki guruhga boʻlingan: 18-37 yoshli va 38-49 yoshli sportchilar orasida. Birinchi guruhda erkaklar orasida 9 ta va ayollar orasida 8ta vazn toifalari belgilangan.
18-37 yoshli sportchilar guruhida Oʻzbekistondan Abdulloh Ahmadaliyev, Fayoz Ahmadov, Jasur Hasanov, Joʻrabek Mavlonov, Sanjar Ravshanov, Jahongir Rasulov, 38-49 yoshlilar orasida esa - Nazirjon Moʻyinov, Iskandar Karimov, Botir Rahmonov, Davron Avvalbayevlar himoya qilishadi.
Aytish joizki, mezbon davlat sifatida Oʻzbekiston terma jamoasi har bir vazn toifasida ikki nafardan sportchini bahslarda ishtirok etishga haqli. Ushbu munosabat bilan jami 16 nafar oʻzbekistonlik sportchilar gilamga tushadi.
Zamestitel ministra vnutrennix del, nachalnik GUVD Tashkenta general-mayor Rustam Djurayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.09.2020
Milliy gvardiya qoʻmondoni qoʻl jangi federatsiyasiga rahbar etib saylandi
Oʻzbekiston tomonidan ushbu tadbirga Xalqaro qoʻl jangi federatsiyasi, Oʻzbekiston turizm va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston qoʻl jangi federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi va bir qator hamkor tashkilotlar oʻz hissasini qoʻshmoqda.
Bugun Toshkentda boʻlib oʻtgan ushbu musobaqaga bagʻshlangan matbuot anjumanida, Jahon chempionati Toshkentda ilk marotaba oʻtkazilayotgan boʻlsada, oʻzbekistonlik sportchilar bundan avvalgi dunyo birinchiliklarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelgani taʼkidlandi. Jumladan, 2019-yil Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi jamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallagani qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala